Kirish II. Asosiy qism


KIMIYOVIY MUVOZANAT KONSTANTASI


Download 1.52 Mb.
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1632507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyoviy muvozanat Kimyoviy reaksiyaning izoterma tenglamasi

2 KIMIYOVIY MUVOZANAT KONSTANTASI.
Reaktsiya unumini muvozanat konstantasi (k) deb atalgan kattalik bilan qayd etiladi. Sistemaning tabiatiga qarab bu kattalikning ifodasi turli xil ko’rinishda bo’ladi.
a) sistema gomogen bo’lib, u suyuqliklardan iborat bo’lsa, muvozanat konstantasi, odatda Кс bilan ifodalanadi.
b) sistema faqat gazlardan iborat bo’lsa, muvozanat konstantasi, Кр – bilan ifoda etiladi.
Ko’pgina reaktsiyalar bir xil sharoitda qarama-qarshi ikki tomonga boradi: dastlabki moddalardan turli mahsulotlar va mahsulotlardan dastlabki moddalar hosil bo’ladi. Reaktsiya davom etgan sari, dastlabki moddalarning kontsentratsiyasi uzluksiz pasaya boradi, natijada massalar ta‘siri qonuniga muvofiq, to’g’ri reaktsiyaning tezligi ham kamayib boradi, mahsulotlar kontsentratsiyasi esa aksincha orta boradi, natijada teskari reaktsiyaning tezligi ham oshadi. Nihoyat shunday bir payt keladiki, bu vaqtdan boshlab to’g’ri reaktsiyaning tezligi teskari reaktsiyaning tezligiga tenglashadi: bu vaqtda muvozanat qaror topadi. Dastlabki moddalarning va mahsulotlarning kontsentratsiyasi o’zgarishdan to’xtaydi. Olingan moddalarning bir qismi reaktsiyaga kirishmasdan qoladi. Muvozanat qaror topgan vaqtda moddalar kontsentratsiyasi muvozanat kontsentratsiya yoki partsial bosim deyiladi. Gaz aralashmasida ayrim gazlarning bosimi, ma‘lum moddaning partsial bosimi deyiladi. Kimyoviy muvozanat holati, muvozanat konstantasi kattaligi bilan ifodalanadi.
Vodorod va yoddan vodorod yodid hosil bo’lish reaktsiyasi Н2+J2 → 2HJ ning tezligi reaktsiya uchun olingan moddalar kontsentratsiyalari ko’paytmasiga proportsional bo’ladi:

V1 = K1 [H2] [J2]




bu yerda K1 – to’g’ri reaktsiyaning tezligi konstantasi,


[H2] [J2] – vodorod va yodning molyar kontsentratsiyasi,
Vodorod yodidning hosil bo’lishi bilan teskari jarayon boshlanadi, uning tezligi V2 vodorod yodid kontsentratsiyasiga proportsionaldir, ya‘ni
V2 = К2 [HJ]2
bu yerda К2 teskari reaktsiyaning tezlik konstantasi,
[HJ] – vodorod yodidning molyar kontsentratsiyasi.
Vaqt o’tishi bilan V1 kamayib, V2 ortib boradi, muvozanat vaqtida to’g’ri va teskari jarayonlarning tezligi tenglashadi. U holda V1 = V2 bo’lib, sistema kimyoviy muvozanat holatiga keladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling