1 Tursunhodjayeva Sh. Z. – Tmi, talaba
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Risk menejmentining nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi[7]
www.interfinance.uz
3
RiskMetrics tiziminida risklarni boshqarish metodologiyasini ochilishi bo’ldi. Shunday qilib, moliyaviy risk-menejment sohasidagi birinchi sifatiy yuksalish bozor riskini baholash, nazorat va boshqarish bilan bog’liq bo’ldi. Moliyaviy risk-menejmentni rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1990-yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelib, kredit riskini baholash va nazorati bilan bog’liq. Bu yerda ham J.P. Morgan banki o’zining bozor riskini baholash va nazorat metodi bilan ssuda portfelining kredit riskini baholashi metodini umumlashtirib namoyon qilishi va 1997-yilda bank tomonidan ishlab chiqilgan CreditMetrics tizimi risk qiluvchilarda bozor va kredit riski oqibatlarini ehtimoliy yoqotishlari ko’rsatkichini integral hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu birinchi marta ,moliyaviy risklarda qo’llash mumkin bo’lgan, integratsiyalashgan risk-menejmenti haqida gapirishga imkon berdi. Uchinchi bosqich 1990-yillar oxirida boshlandi va yildan-yilga jarayon rivojlanib bordi. Bu bosqich oldingi bosqichlarga nisbatan, klassik moliyaviy risklarga emas, bevosita operatsion risklarga aloqadorligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda moliya bozori qatnashuvchilari operatsion risk baholashga umumiy “operatsion VaR” kabi, miqodoriy yondoshuv ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu operatsion risklarni miqdoriy nazorati, moliyaviy risklarni nazorati bilan birgalikda qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilariga qabul qilinayotgan risklarni to’liq baholashga erishish imkoniyatini beradi deb hisoblamoqdalar. Oxirgi 40 yilda moliyaviy risklarni baholashni 4 ta asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin, bular: Sezgirlik tahlili – tashqi omillarning o’zgarishiga sezgirlik tadqiqotini ssenariy metodi
Tebranuvchanlik (волатильность) tahlili - umumiy ko’rsatkichga nisbatan kutilgan qiymatning o'zgarish o'lchovini o'rganish; Negativ risk tahlili (downside risk). VaR metodi boshqa risk tahlili metodlariga qo’shimcha tarzda qo’llaniladi. Bundan tashqari, LVaR va SaR metodlari ham mashhur. Nisbiy tahlil - benchmark bilan taqqoslash orqali riskni ko'rib chiqadi (tanlangan indeksda). Ohirgi 25 yilda risklarni boshqarish sohasida revolyutsion o’zgarish sodir bo’ldi: risk-menejment faqatgina moliyaviy korporatsiyalarda emas, balki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ham qo’llanila boshlandi. Risklarni boshqarishdagi yangi paradigmasi, kompaniyalar, holdinglar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari risklarini boshqarishda aniq operatsiya va faoliyat sohalari bo’yicha tor doirada qismli yondashuvidan kompleks boshqaruvga o’tishni ko’zda tutadi (1-rasm).
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling