1. umumiy ma‘lumot


GAZ VA QATT IQ MODDALARNING SUYUQLIKDA VA SUYUQLIKLARNING BIR – BIRIDA ERISHI


Download 60.5 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1308350
1   2   3
Bog'liq
Termodinamikaning uchinchi qonuni

8.5. GAZ VA QATT IQ MODDALARNING SUYUQLIKDA VA SUYUQLIKLARNING BIR – BIRIDA ERISHI
Biror berk idishga suyuqlik solinib, ustiga gaz yuborilsa, gaz suyuqlikda eriy boshlaydi va nihoyat, suyuqlik gazga to’yinadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi o’sha gaz va suyuqlikning tabiatiga, bosim va haroratga bog’liq. Harorat ko’tarilgan sari gazning eruvchanligi kamaya boradi. Ayni haroratda gaz eruvchanligining bosim o’zgarishi bilan o’zgarishi Genri qonuniga bo’ysunadi. Bu qonun juda muhim qonun bo’lib, quyidagicha ta‘riflanadi: Ma‘lum hajm suyuqlikda erigan gazning og’irlik miqdori gaz bosimiga to’g’ri proportsional bo’ladi:
yoki С = К · Р (8.)
bu yerda: С – suyuqlikda erigan gazning og’irligi,
Р – bosimi,
К – o’zgarmas kattalik;
Masalan, 1 atm bosim va 00 haroratda 1 l suvda 0,0654 g kislorod erisa, o’sha haroratda 2 atm bosimda 0,1308 g kislorod eriydi. Bosim ortgan sari gazning zichligi ham ortishi sababli 0,1308 g kislorodning 2 atm dagi hajmi 0,0654 g kislorodning 1 atm dagi hajmiga teng bo’ladi. Demak, Genri qonuniga muvofiq, ma‘lum hajmdagi suyuqlikda erigan gazning hajmi bosimga bog’liq emas.
Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya‘ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar hech qanday halal bermaydi, erish faqat gazning parsial bosimiga proportsional bo’ladi.
Genri va Genri – Dalton qonunlariga faqat suyuqliklar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan gazlar pastroq bosimlarda bo’ysunadi.
1 l erituvchida t0 da va Р bosimda eriy oladigan gazning hajmi uning eruvchanlik koeffitsienti yoki gazning adsorbtsiyaviy koeffitsienti deyiladi.
Gaz eritilgan suvga elektrolitlar qo’shilsa, gazning eruvchanligi kamayadi. Elektrolit qo’shilganda gaz eruvchanligining kamayish hodisasi «tuzlanish» deb ataladi.
Qattiq moddalarning suyuqlikda erishida eruvchanlik to’yingan eritma kontsentratsiyasi bilan o’lchanadi. Qattiq moddalar eruvchanligining temperatura bilan o’zgarishini Shreder tenglamasi ifodalaydi:
(8.7.)
bu yerda N – to’yingan eritma kotsentratsiyasi,
ΔН – yashirin suyuqlanish erish issiqligi.
Qattiq moddalar eriganda issiqlik yutilganda (ΔН) va Le – Shatele printsipiga binoan:
(8.8.)
demak, temperatura oshishi bilan eruvchanlik oshadi.
Ikki suyuqlik bir – biri bilan aralashtirilganda tubandagi uch holat kuzatiladi: 1) suyuqliklar o’zaro istalgan nisbatda aralashadi (masalan, suv bilan spirt); 2) suyuqliklar o’zaro ma‘lum chegaradagina aralashadi (masalan, suv bilan fenol); 3) suyuqliklar o’zaro aralashmaydi (masalan, suv bilan simob).
SHuni ham aytib o’tish kerakki, bir – birida mutlaqo erimaydigan suyuqliklar bo’lmaydi, bir suyuqlik ikkinchi suyuqlikda ozgina bo’lcha ham eriydi. O’zaro ma‘lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarning eruvchanligi haroratning o’zgarishi bilan o’zgaradi va ba‘zan yuqoriroq haroratda ikki suyuqlik o’zaro cheksiz eriy boshlaydi. Bunga anilin bilan suvni misol qilib olish mumkin. Ozgina anilinga suv qushilsa, anilin erib ketadi. Agar anilin miqdori oshirilsa, aralashma tinigandan keyin, ustma – ust ikki qavat hosil bo’ladi; ustki qavat anilinning suvdagi eritmasi bo’lsa, pastki qavat suvning anilindagi eritmasi bo’ladi. Harorat ko’tarilgan sari anilin qavatidagi suv va suv qavatidagi anilin miqdorining orta borishi kuzatiladi. Harorat 1670 ga yetganda ikkala qavatning tarkibi bir – biriga deyarli baravarlashadi. Bunda, kritik erish harorati amalga oshadi. Kritik haroratdan yuqori haroratda anilin bilan suv istalgan nisbatda aralasha oladi. Kritik haroratdan past haroratda esa ma‘lum chegaradagina aralashadi.
Suyuqliklarning kritik erish haroratidan foydalanib, amalda moddalarni tahlil qilish mumkin.
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling