1. Umumiy og'riqsizlantirish turlari
Download 15.82 Kb.
|
referat 1-mavzu anestiziologiya
Mavzu: Umumiy og'riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyotsion narkoz. Niqobli,endotraxeal,vena ichi anestiziyasi usullari. Narkoz vositalari. Narkoz klinikasi, asoratlari, ularni oldini olish Reja : 1.Umumiy og'riqsizlantirish turlari 2. Narkoz vositalari 3. Asoratlar va profilaktika Anesteziya asbobi nafas yo'llariga anestetiklami aniq konsentratsiyada uzatish va gaz almashinuvini ta'rninlab turish uchun mo'ljallangan moslamadir. Nafas olish jarayoni va anestetiklaming uzatilishinj ta'minlab beruvchi hamda gazlar saqlanuvchi moslarnalar uzalish lizimi deb ataJadi. Uzatish tizimidagi gazlar aralashmasi nafas konturiga uzluksiz yokj oqim tarzida uzatilib turadi va bu anesteziya asbobining tuzilishiga bog'liq. Gazlar oqimining uzluksiz uzatilishini ta'minlovchi asboblar vakili "Polinarkon", gaz oqimini ta'minlovchi asbob esa "NAPP" hisoblanadi. Ingalyatsion anesteziya asboblarida reversiv va noreversiv nafas konturlari qo'llaniladi. Anesteziya asboblarining asosiy qismlari va moslamalariga kislorod va gazli ballonlar, reduktorlar, dozimetr, bug'latgichlar, adsorber, klapanlar, nafas oldirish qopchlg'i, o'tkazuvchi shlanglar va ulovchi elementlar kirndi. Kislorod va gazsimon anestetiklar yuqori bosimga chidamli metalldan tayyorlangan ballonlarda saqlanadi. Kislorod 40 I hajrnli havorang ballonlarda 150 latmosfera bosirnida saqIanadi. Azot oksidi esa 1, 2 va 10 I hajrnli kulrang ballonlarda suyuq holda saqlanadi va uning gaz qisrni 50 atmosfera bosirni atrofida bo'ladi Apparat tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) apparatning asosiy qismlariga siqilgan gazlarni (02' NP) yetkazib beradigan yuqori bosimli tizim; 2) reduktor va rotametrlar;3) suyuq narkotik moddalami bug'latgichlar; 4) nara<; konturlari; 5) O'SV o'tkazish tuzilmalari; 6) o'Ichov-nazorat asboblari. Reduktorlar yordamida apparatga keladigan gaz bosimi pasayliriladi. Bir ikki bosqichli redukturlar qo'llaniladi. Azot bir oksidi uchun muzlamaydigan reduktorlardan foydalaniladi. Reduktorni narkoz apparati hilan uJaydigan shlanglar 4-5 aim. bosimiga chidaydi. Gaz tarkibi aralashmasini boshqarish uchun turli konstruksiyadagi dozimetrlar ishlatiladi. Ko'pincha rotametrik dozimetrlar qo'llaniladi. Narkoz apparatlarining naras konturlari. Anestetika kislorod bilan aralashmasi nafas oldirish fazasida bernoming o'pkasiga kiradi va nafas chiqarish fazasida esa bir qisrni anesteziya apparatiga qaytadi, bir qisrni atrnosferaga chiqib ketadi. Gazlar aralashmasining o'pkalarga kirish va qaytarib chiqarilish yo'li konturi deyiladi , Reversiv va noreversiv kontorlar farq qilinadi. Reversiv konturda gazlamlng bir qismi bernor o'pkasiga qaytadi. Noreversiv konturda gazlar apparatga qaytmasdan atmosferaga chiqanb yuboriladi. Noreversiv konturlarga ochiq va yarim ochiq nafas kontorlari kiradi. Ocblq tontur - narkotik aralashrnadan nafas olish ham nafas chiqarish ham atmosferaga bo'ladi. Buning uchun Esmarx niqobi ishlatiladi, unga tomizilgan efirdan bemor nafas oladi. Yarim ochiq kontur - nafas olish narkoz apparatidan, nafas chiqarish esa atmosferaga bo'ladi. Reversiv Balas tonturi -nafas chiqarilishidagi gazlar qisman yoki to'liq shlanglar tizimiga tushadi va yana orqaga, bemoming nafas yo'llariga qaytadi. Ikki xiI reversion tizim farqlanadi: sirkuJyatsion va tebranrna. Sirkulyatsion tizimda gaznarkotik aralashma nafas berish shlangi bo'ylab be morning o'pkasiga tushadi va nafas chiqishida nafas chiqish shlangi bo'ylab qisman yoki to'liq anesteziya apparatiga qaytadi. Chunki nafas olish va chiqarish kJapanlari gazlar oqimi yo'naJishini boshqaradi. Tebranma nafas konturida bemordan keJayotgan gaz aralashmasi adsorberda tozaJanib, bemorga qaytariJadi. Har ikkaJa - sirkuJyatsion va tebranma nafas konturlari yopiq va yarim yopiq bo'lishi mumkin. Yopiq nafas kooturida gaz-narkotik aralashma bemordan chiqib, nafas chiqarish shlanglariga tushadi va adsorberdan o'tib yana bemoming nafas yo'llariga qaytariladi. Yarim yopiq konturda gaz-narkotik aralashma qisman atmosferaga ajraladi, bir qismi esa anesteziya apparatiga qaytadi. Nafas konturiga gazlar maxslls moslama - reduktor vositasida 1,5-4 atmosfera bosimigacha pasaytirilgan holda uzatilib turiladi. Kislorod va gazsimon anestetiklar nafas konturiga rotametrli dozimetr yordamida aniq konsentratsiyada uzatiladi. Anestetiklar bllg'latgichi anestetikni bug' holiga o'tkazib beruvchi va uni aniq miqdorda uzatib turuvchi moslamadir. Reversiv nafas konturi tarkibida patron ohakli adsorber o'matilgan bo'ladi, adsorber vositasida karbonat angidrid neytrallanib turadi. Gazlar oqimini zarur tomonga yo'naltirib turish uchun nafa<; konturiga yo'naltiruvchi kJapanlar o'matiladi. Gazlar oqimi bosimining oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun bosimni boshqaruvchi kJapanlardan foydalaniladi. Mustaqil va sun'iy nafas rcjimlari mobaynida olinayotgan va chiqarilayotgan nafas oqimlarini ajratib turish lIchun noreversiv klapan qo'lJaniladi. Anesteziya vaqtida ishlatiluvchi nafas niqoblari, nafas qopchig'i, shlanglar elastik xlIsusiyatga ega, elektr tokini o'tkazadigan. Linestetik va gazlar ta'siriga chidamli material dan tayyorlanadi. Gaz va anestetiklar bug'lari maxsus gofrlangan shlanglar vositasida uzatib turiladi. Ingalyatsion anesteziya asboblari rcversiv tizimli bo'lib, yarim ochiq, yarim yopiq va ochiq nafas konturlari orqali anesteziya o'tkazish uchun sharoit yaratib beradi. Ular ,,Anestezist" deb ataluvchi universal bug'latgich va rotametrli dozimetrga ega. Nafas qopchig'i vositasida o'pka sun'iy ventilyatsiyasi o'tkazilaeJi . .. Polinarkon-4" zamonaviy ingalyatsion asbob bo'lib, unjng ,.Anestezist-J" bug'latgichi anestetiklarni bir xii miqdorda uzatib turadi. "Polinarkon-4" asbobi uzatilayotgan kislorod bosimining 2 atmosferadan tushib ketganini bildiruvchi signalga va bu holatda azot oksidi uzatilishjni to'xtatuvchi moslamaga ega. Bundan tashqari bu asbob zahiradagi baUondan kislorod uzatilishini ta'minlovchi avtomatik moslarnaga ham ega. Asbobning inyeksion tuzilmasi bemorning chiqargan nafasini operatsiya xonasidan tashqariga chiqarib tashlashga sharoit yaratib beradi. Noreversiv nafas konturi anesteziya asboblariga "Narkon", "NAPP". "Trilen" va "Ftoroteklar" rusumli asboblar kiradi. Bular vositasida ochiq va yarim ochiq nafas konturlaridan foydalanib anesteziya o'tkaziladi. "Narkon" asbobi efir. fiorotan. trilen, metoksifluran anesteziyaJarini bajarishga mo'Ijallangan. "NAPP" asbobi esa azot oksidi, trilen va ftorotanJaming bo'lib-bo'lib uzatib turilishini la'minlaydi. H omiladorlar ko' z yorishi jarayonini og'riqsizlantirish, davo analgeziyasi va autoanalgeziya kabilami o'tkazishda "NAPP" asbobidan foydalanish jUda qulay. "Trilen" va "Ftorotek" jihozlari trilen yoki ftorotan hamda havodan lashkil bo'lgan aralashmani hosil qiluvchi moslamadan iborat. Bu moslamalar vositasida ko'z yorish jarayoni, kichik hajrnli jarrohlik amlashuvlari og'riqsizlantiriladi, autoana!geziya o'tkaziladi. Tringal jihozi vositasida trilen va metoksifluran anesteziyasi o'tkaziladi. Aoesteziya jarayonida a'zo va tizimlar faoliyatini bahalab turish uchun bir qatar kuzatish jihozlari monitoring tizimlari qo'llaniladi. Monitoring tizimlari vositasida bemoming flZiologik ko'rsatkichlari doimo o'lchab va yozib boriladi. Ko'rsatkichlardagi patologik siljishlar maxsus xabarlar yordamida o'z vaqtida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda kompyuterlashtirilgan va monitor tizimiga ega zamonaviy narkoz apparatiari qo'Uaniladi. Yurak va tomirlar faoliyatini aniqlash uchun "Kardiokompleks-5", "Elektrokardioskop EKSll-02", "Kardiomonitor KM- I A", "Tamed", "KIT" "MX-Salyut" kabi asboblardan foydalaniladi. Monitorlar yurak urishi va nafas olishning soni va ulaming ritmik xususiyatlarini, tana harorati, sistolik, diastolik. arterial va markaziy vena bosimlarini, elektroensefalografiya kabi ko'rsatkichlami kllzatish va 1Iiaming yozib borilishini ta'minlaydi. Aoesteziya mobaynida markaziy nelV tizimi faoliyatini kuzatib borish uchUl' lSN. ISO va ko'p kanalli c1ektroensefalografdan foydalaniladi. EEG asbobi yordamida miya biopotensiallari analiz qilib boriladi. Gaz. almashinuvi jarayonini baholash uchun .,Spiromonitor SM - I", .. Argus", "Akor-l", "Pulsoksimetr" .. Ibdiomctr" kabi asboblardan foydalaniladi. Laringoskop muhim anesteziologik moslamalardan biri hisoblanadi. Laringoskop og'iz bo'shlig'i va halqumni yoritib beruvchi jihoz bo'lib, UlUng yordarnida halqum bo'shlig'i va hiqildoq ko'riladi. Laringoskopiya yordamida traxeyaga nafas nayini kiritish - inlUbalsiya jarayoni bajariladi. Laringoskop lampasi transfonnator orqali yoki akkumulyatorlar batareyalari orqali yoritiladi. Laringoskop dasta va kurakchadan iborat bo'lib, uning kurakchasi uch xil o'lcharnda to'g'ri va bukilgan shakllarda chiqariladi. Hozirgi vaqtda qiyin sharoitlarda traxeyani inlubatsiya qilish uchun videolaringoskop asbobi keng qo'UaniJadi. Nafas nayi orqali gazlar va an~stetiklar araJashmasi traxeya va bronxlarga uzatiladi. Endotraxeal naylaming uzunligi 120 mm dan 260 mm gacha bo'lib, yoysimon shaklda qayrilgan, traxeyaga kiritiladigan tomoni uchliroq bo'lib, 45° burchak hosil qilgan holda kesilgan va chap tomonga qaratilgan. Naylar plastmassaJardan tayyorlanadi va bir necha xii o'1charnlarda ishlab chiqariladi. Nayiaming uchida shishadigan sharchasi bo'lib, uning yordamida traxeyaning nayi oralig'idagi bo'shliq berkitiladi. Endobronxial naylar bir-ikki kanalli bo'laeli. Endobronxial intubatsiya uchun Gordon-Grine, Gebauer, Karlens naylari qo'llaniladi. Nafas niqoblari har xii o'lchamli bo'ladi va ular vositasida gaz va anestetiklar aralashmasi bemorning nafas yo'llariga uzatib turiladi. Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlab turish uchun havo o'tkazuvchi T - va S- simon naylar ishlatiladi. Anesteziya jarayonida gofrlangan shlanglar, anesteziologik qisqa ventilyatsiya bosimini o'lchagichlar, mandren-o'tkazgich, ulagich elementi - adapter, konnektor va shu kabi moslamalar ham ishlatiladi. Bugungi kunda O'SV o'tkazishda issiqlik va namlikni boshqarish tizimiga ega bo'lgan viruslar va bakteriyalardan saqlovchi filtirlar tizimi amaliyotda keng qo'1Janilmoqda. O'pka sun'iy ventilyatsiyasi (O'SV) asboblarining vazifasi havo, kislorod va boshqa gazlardan iborat aralashmani be morning o'pkasiga puflab uzatib berishdir. Asbobning putlagichi qo'lda, qizigan gaz yoki eJektr toki yordamida ishlatiladi. Nafas berish va chiqarish fazalarining alrnashinishiga qarab apparatlar 3 ta asosiy guruhga bo'linadi: I) nafas olish va chiqarish jarayonJari nafas konturidagi oldindan belgilgan gaz bosimiga qarab almashinadi: 2) nafas olish va chiqarish jarayonlari nafas konturidagi oldindan belgilangan nafas hajmiga qarab almashinadi; 3) nafas olish va chiqarish jarayonlari oldindan belgilangan vaqtga qarab almashinadi. Qo'l bilan xarakatga keltiriladigan O'SV asboblariga Ambu qopchig'i, ADR-2, RPA-2, RDA-I va boshqa moslamalar kiradi. Bu moslamalar asosini elastik qopihiq tashkil qiladi. Qopchik 1-1,5 I hajrnli bo·Jadi. Pnevmatik yoki cJcktr kuchi bilan harakatga keltirilib o'plca sun'iy vcntilyatsiyasini ta'minlovchi asboblar avtomatik respiratorlar deb yuritiladi. Bu asboblarda nafas olish siklining nafas chiqarish sikliga o'tishi avtomatik tarzda ro'y beradi. Bularga ,.Pncvmat", "DP- 9,03", ,.Ural-Mr', "Lada", "Mlada", "RD- 4", "EOL" .,Dreger'· rusumli va boshqa asboblar kiradi. Bu asboblar yordamida qisqa vaqtli o'pka sun'iy ventilyatsiyao;i o'tkaziladi. Ulaming ishlashi uchun encrgiya o'mida yuqori bosimli kislorod ishlatiladi. Avtomatik respiratorlar anesteziya va uzoq muddatli o'pka sun'iy ventilyatsiyasini o'tkazish uchun ishlatiladi. Bunday respiratorlarga RO- 5, RO- 6, "Vdox", "Faza", .,Spiron", "Vita", "DP-8" kabi zamonaviy apparatlar kiradi.Kundalik amaliyotda puflab nafas bcrib ishlatiladigan apparatlar keng qo'llaniladi. Zararsizlantirish - bu kompleks jarayon bo'lib, tozalash, dezinfeksiya va sterilizatsiya o'tkazishni o'z ichiga oladi. Apparatlami tozaJash va zararsizlantirish majburiy shart hisoblanadi. Apparatlarni bo'Iinadigan, yechib olinailigan qisrnlari, moslamalari, ulanadigan elementlari yuvuvchi eritmaga to'liq cho'ktirilib, yuvib tozalanadi. Cho'ktirih bo'lmaydigan qisrnlari artib tozalanadi. Yuvib tOzalash uchun vodorod peroksidning 0,5 % Ii eritmasi va sun'iy yuvish vositalari ishlatiladi. 1 I yuvuvchi eritmani tayyorlash uchun 20 rnl pergidrol (30-33 %Ii NP2)' 975 rnl 50 qizdirilgan suv va 5 g yuvuvchi modda olinadi. Apparatlarni qo'lda yuvib tozalash rna'lurn ketma-ketlikda bajariladi. Tozalash bilan to'qimalar (shilliq, qon, balg'am va boshq.) yuvib tashlanadi, bakterial zararlanish darajasi kamaytiriladi. Lekin bu bakteriYalarni yo'q qilmaydi. Nafas konturi (nafas qopchasi, niqoblar, shlanglar va h.k.) qismlarga ajratilgach, oqar suvda yuviladi va 15 daqiqaga issiq yuvuvcbi eritmaga ivitib qo'yiladi. So'ngra shu eritmada uJarning har biri 25-30 sekund davomida paxta-dokali tamponlar bilan yuviladi. Bu ishni cho'tka va unga o'xshash narsalar bilan bajarish taqiqlanadi, chunki cho'tka qillari nafas konturiga, keyin bemoming nafas yo'llariga tushib qolishi mumkin. Yuvilgan detallarni avval oqar suvda, keyin distillangan suvda chayiIadi va steril choyshab ustiga yoyib quritiladi. Dezinfeksiya - kimyoviy va issiqlik usuli bilan am alga oshiriladi. Eng ko'p qo'llaniladigan dezinfeksiya eritmalari quyidagilar: 1. % Ii formaldegid eritmasi. Apparat qismlari shu eritmaga 30 minut davomida to'liq cho'ktirib ushlab turiladi. Tuberkulyoz bilan og'rigan bemorlarda 90 minutga cho'ktirib qo'yiIadi. 2. 3 % Ii vodorod peroksidi. Apparat qismlari 90 minutga eritmaga cho'ktirib qo'yiladi. Bu dezinfeksiya usuli gramm manfiy mikroblarga qarshi samarali hisoblanadi. 3. 5 % Ii xlorgeksidin eritmasi. Apparat qismlari 30 minutga cho'ktiriladi. 4. 3 % Ii xloramin eritmasi. Dezinfeksiya 60 minut davomida olib boriladi. 5. 70 % Ii eti! spirti yoki 50 % Ii izopropil spirti eritmasi. Vegetativ holatdagi ko'plab bakteriyalar bu eritmada 5 minut davomida o'ladi. Sterilizatsiya. Apparatlaming issiqlikka chidamli va korroziyaga uchraydigan qismiari avtokla'lda sterilizatsiya qiJinadi. SteriJjzatsiya davomiyligi 120"C harorat va 110 kPa bosimda 45 minut, l32°C va 200 kPa bosimda esa 20 minutni tashkil etadi. Bu usul bilan bakteriyalarning barcha vegetativ guruh turlari, sporalar va viruslar yo'qotiladi. .Sterilizatsiyani kimyoviy usul bilan ham arnalga oshirish mumkin. Buning uchun asboblarga 6 % li vodorod peroksidi eritmasi bilan 6 soat davomida ishlov beriladi. Apparatlar ingalyatsion umumiy anesteziya o'tkazishdan oidin quyidagicha ishga tayyorlanadi. I) ballondagi gaz miqdorining zahirasi aniqlanadi. Reversiv nafas konturi bo'Isa, gaz sarfi 3 /jmin bo'Iib, I soatda 180 /, noreversiv konturda esa 1 soatda 60 I gaz aralashmasi sarf bo'lishi hisobga olinadi; 2) siqilgan gazni uzatio;h tizimi tckshirib ko'riladi; 3) dozimetriarning ishlashi, ochilishi va yopilishi, doza ko'rsatishi tekshirib ko'riladi; 4) gaz bug'Iatgich tayyorlanadi va to'g'ri ishlashi tekshirib ko'riladi; 5) adsomer tayyorlanadi va idishga kirnyoviy gazyutkich solinadi; 6) nafas olish va chiqarish klapanJari tekshirib ko'riladi; 7) nafas konturi gennetikligi tekshirib ko'riladi. Anesteziya jarayonida apparadardan foydalanish quyidagicha nazorat qilinadL Narkoz apparatlari uchun quyidagilar zarur: 1) reduktordan chiqqan gazlar bosimini dozimetr orqali doimiy kuzatib borish; 2) adsorberning ishlashini kuzatib borish, uning devorining qizishi karbonat angidridni samarali yutishidan darak beradi; 3) nafas olish va chiqarish klapanlarining ishini kuzatib borish, namlik to'planganda vaqtiocha yarim ochiq nafas konturiga o'tib ventilyatsiyani o'tkazish; 4) apparatda ortiqcha gaz bosirni paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun ehtiyot klapanini sozlab turish. Nafas apparatlari uchun quyidagilar zarur: I) O'SV apparatini ishlatishdan oldio uDing yerga ulanganligini, siqilgan gaz baloniga ulash rnoslarnasini tekshirib ko'rish va narnlatgichni distillangan suv bilan to'ldirish; 2) apparatni elektr tarmog'iga ulash va uDing bir tekis ishlashini voltmelr yordarnida tekshirib turish va ventilyatsiya ko'rsatkichlarining to'g'riligiga ishonch hosil qilish; 3) nafas konturlari germetikligini to'tiq tekshirib ko'rish; 4) hajrniy apparatJar uchun rninutlik ventilyatsiyani 5 [/min qilib belgilash va nafas hajmi 0,3 [bo'lganda monornetrda 30 mm suv ust. ga tengligiga ishonch hosil qilish, vaqt bo'yicha ishlaydigan apparatJar chastotasini 20 min-I qilib belgilash,ventilyatsiya hajrni 4 [/rnin bo'ganda nafas konturida bosirn 30 mm suv ust. ga teng bo'lishiga ishonch hosil qilish. I. Anesteziologiya-reanirnatologiya va intensiv terapiya bo'limiga ishga kelgan har bir libbiyot xodirni xavfsizlik texnikasi bo'yicha maxsus yo'riqnorna bilan tanishib, keyin ish boshlashi kerak. 2. Ballonlar jo'mragi faqat qo'lda maxsus kalitlar bilan ochiladi, gaz fa4tat reduktor orqali uzatiladi. Bir ballondan ikkinchisiga gaz o'tkazish taqiqlanadi. 3. Gofrlangan shlanglar, niqoblar antestatik rezina (elektr tokini o'tkazuvchi) dan ishlangan bo'lishi lozim. 4. Operatsiyada koagulyator ishlatilsa, efrr va siklopropandan foydalanish rnumkin emas, bemor yuzida krem va turti bo'yoqlar bo'lishi taqiqlanadi. 5. Kislorod bilan bog'liq nafas apparati qismlarini, reduktor, ballonlarni yog" tegishidan ehtiyotlash kerak. 6. Bemorning yuziga, intubatsion naychalarga yog'simon surtmaJar ishlatmaslik kerak, faqat toza gJitserin ishlatish rnumkin. 7. Operatsiya xonasiga sun'iy matodan tikilgan kiyirn bilan kirmaslik kerak' 8. Kiyirnlar (xalatlar, niqoblar, baxilalar) faqat paxta tolasidan bo'lishi lozirn. 9. Turti xi] taqinchoqlar, braslet, halqa, zanjirlar va boshqa metall jismlar bilan operatsiya xonasiga kirish taqiqlanadi, 10. Anesteziya o'tkazilayotgan operatsiya xonasidagi hamma apparatJar (narkoznafas apparati, operatsiya stoti, koagulyator, monitorlar va h.k.) umumiy konturli yerga ulangan bo'lishi lozirn. 11. Operatsiya xonasida havo narnligi 55-60 % dan past bo'lrnasligi, xona harorati esa 22"C bo'lishi kerak. 12. Yoritgich endoskoplar ishlagandagi (laringoskop, bronxoskop, gastroskop va h.k.) harorat 160·C dan oshmasligi talab qilinadi; tola-optikali endoskoplardan foydalangan rna' quI. Download 15.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling