1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi Transformatorning ish rejimlari


Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti


Download 0.79 Mb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1542904
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Transformatorlardagi isroflar va FIK

Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti.

Har qanday elektr mashinalarida ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o‘zida isrof bo‘ladi. Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat:


1. Tokning issiqlik ta’siri tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi:

2. Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi . Bu quvvat isrofi po‘lat o‘zakning marialiga, magnit induksiyasi va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq.
3. Transformator konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi RK.
Bulardan RM va RP asosiy isroflar hisoblanadi. Mis chulg‘amlardagi quvvat isroflari nagruzkaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat o‘zakdagi quvvat isroflari RP esa transformatorning ish jarayonida o‘zgarmas (nominal kuchlanish chegarasida) dir.
Transformatorning foydali ish koeffitsienti:
(10)
bu erda: R1-transformator kirish tomonidagi quvvati; R2–transformatorning chiqish tomonidagi foydali quvvati; ΔR–transformatordagi to‘la quvvat isrofi.


8-rasm. Foydali ish koeffitsiyenti.
Agar transformatordagi foydali ish koeffitsientini uning qanday yuklanganligini ko‘rsatuvchi yuklanish koeffitsienti orqali ifodalasak,

-nagruzka quvvat koeffitsienti; Snom – transformatorning to‘la quvvati, VA.
Katta quvvatli transformatorlarning foydali ish koeffitsienti 0,97÷0,99, kichik quvvatlilariniki esa 0,82÷0,9 atrofida bo‘ladi. Transformatorlarda bo‘lganda, uning yuklanish koeffitsienti optimal bo‘lib, bunda transformatorning foydali ish koeffitsienti eng yuqori bo‘ladi (8-rasm).


Transformatorning nominal kattaliklari.

Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi:


1) transformator turi;
2) chiqish tomonidagi nominal quvvat , kVA;
3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari ( va ), kV;
4) salt ishlagandagi quvvat isrofi ( ), kVt;
5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi ( ), kVt;
6) qisqa tutashuv kuchlanishi ( ), %;
7) nagruzka nominal va uning yarmiga teng hamda dagi foydali ish koeffitsienti.
Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal kattaliklaridan hisoblab topiladi.
Bir fazali transformatorlarda:
; .
Uch fazali transformatorlarda:

Kichik quvvatli transformatorlarning nominal kuchlanishi va toki xujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘ladi.


Xulosa
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling