1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet105/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, va ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:

O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan adib Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo‘qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor temirchi tirikchilik o‘tkazish uchun Qo‘qon atrofidagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‘rg‘on, Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko‘chib yurar, oila biror qishloqda uzoqroq qo‘nim topmasdi. Bo‘lajak yozuvchi dastlabki ma’lumotni Buvaydadagi eski maktabda oldi. So‘ng Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi jadid maktabida tahsil ko‘rdi. Sal keyinroq Qo‘qondagi yotoqmaktabda o‘qidi. 1922-1924-yillarda Qo‘qondagi o‘qituvchilar tayyorlash texnikumida tahsil ko‘rdi.


Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o‘qib kunduzlari «Qizil O‘zbekiston» gazetasida ishladi. U 1930-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning pedagogika fakultetini tugatdi.
A. Qahhor ijodi 1924-yilda boshlangan. Dastlab «Mushtum» oy bitigida, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston» gazetalarida uning hikoya, felyeton va xabarlari bosildi. Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirgan «Sarob» romani 1934-yilda yozildi.
Yozuvchi «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Shohi so‘zana» (1951), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962) «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Adibning «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O‘tmishdan ertaklar» (1965) qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Mashhur hikoyanavis, qisqa so‘zda ko‘p ma’no ifodalash mahorati egasi Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-mayida vafot etdi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling