Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
I
Eshikdan eshikka yugurib yelardi,
Suyunchi so‘rardi, suyunchi.
U go‘yo taqdirni olddan bilardi,
Go‘yo yo‘q dunyoning g‘ami, kuyunchi.
Iymanibroq turar ota poygakda,
Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib...
Ichkarida esa, oppoq choyshabda
Jahonning umidi yotar jilmayib.
II. Yangi mavzu:
TUG‘ILISH
Tong oldidan yomg‘ir sevalab o‘tdi,
Keyin ko‘k ochilib, yog‘di yulduzlar.
Yerdan hovur ko‘tarildi, xuddi
Qimirlagan kabi zimdan ildizlar.
Kimgadir muqaddas bir zum yaqinladi,
Qorovul o‘chirdi so‘nggi fonarin.
Iyul quyoshining ilk yolqinlari
Yaproqlarga sachrab yonardi.
Yer yosh: soflik jimirlatar etin,
Zoriqqan g‘unchalar ochildi bog‘da.
Panjaradan oshib chiqib ketdi
Maysalarda yurgan yashil shabboda.
Savol va topshiriqlar:
1. Tongdan oldin yog‘gan yomg‘irdan so‘ng osmon ochilib, yulduzlar yog‘ishini qanday tushundingiz? Yomg‘ir sevalashi va yulduz yog‘ishi orqali ifodalanayotgan tasvirga va aloqadorlikka e’tibor qarating.
2. «Yerdan hovur ko‘tarildi, xuddi Qimirlagan kabi zimdan ildizlar» satrlarida ko‘tarilayotgan hovurning yer ostidagi ildizga o‘xshatilishi nechog‘lik hayotiyligini izohlang.
3. Yaproqlarga sachrab yonayotgan quyosh yolqinlari ifodasidagi shoir mahoratini sharhlang.
4. Etning soflikdan jimirlashini qanday tushunasiz? Shabbodani shoir nima uchun yashil bargda bermoqda?
5. Shabbodaning panjara oshib chiqib ketishi, eshikma eshik suyunchi so‘rab yugurib, yelishining sababini izohlang, tasvirdagi badiiyatni sharhlang.
6. She’r sarlavhasidan kelib chiqib, oxirgi bandda qanday voqea tasvirlanganini tushuntiring. Oq choyshabda jilmayib yotgan jahonning umidi to‘g‘risidagi mulohazalaringizni bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |