1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet21/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Asqad Muxtor zamonaviy o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri sanaladi. U shoir, nosir, dramaturg, tarjimon, jurnalist hamda jonkuyar tashkilotchi sifatida o‘zbek adabiyoti va san’atida yorqin iz qoldirgan siymodir. Adib 1920-yilning 23-dekabrida Farg‘ona shahrida Ma’sud temiryo‘lchi oilasida tug‘ildi. Adibning oilasi asli Tataristondan kelgan bo‘lib, farg‘onaliklar orasiga singishib ketgan, o‘zbekcha urf-odatlarni to‘la o‘zlashtirgan edi. 1931-yilda bo‘lajak adib o‘n bir yoshda ekan, otasi vafot etadi. Notinch, o‘ta murakkab zamonda moddiy jihatdan nochor oila o‘n ikki bolaning uchinchisi bo‘lmish Asqadni bolalar uyi — yetimxonaga topshirishga majbur bo‘ladi. U shu yerdagi maktabni bitirdi va 1936-yili Toshkentga kelib, jurnalistika kursida o‘qidi, gazetada ishladi. Chinakam ijod uchun bilimlari kifoya emasligini tushungan Asqad o‘qishni davom ettirishga ahd qiladi va 1938-yili Samarqanddagi O‘zbekiston davlat dorilfununiga kiradi. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Samarqand dorilfununi Toshkentdagi O‘rta Osiyo davlat dorilfununiga vaqtincha qo‘shib yuboriladi. Shu tariqa o‘qishni Samarqandda boshlagan Asqad Muxtor mazkur filologiya fakultetini Toshkentda tamomlaydi. Uni Andijonga ishga yuboradilar. Uch yil davomida Andijon davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri bo‘lib ishlaydi.
1945-yilda Asqad Muxtor Toshkentga qaytadi, jurnalistika sohasida faoliyat olib boradi. Poytaxtdagi hayot uning ijodiy imkoniyatlarining ochilishiga turtki beradi. Talabalik yillaridan ijod qila boshlagan yosh adib endi qizg‘in ijodiy ishga bel bog‘laydi. U avval markaziy gazetalarda bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, so‘ng «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishladi. O‘zbekistondagi birinchi haftalik gazeta — «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati»ga asos soldi. Respublika Yozuvchilar uyushmasi kotibi lavozimida ishladi.
Aksar adiblar kabi Asqad Muxtor ham badiiy ijodga she’rlar yozish bilan kirib keldi. U maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq she’rlar yoza boshlagan edi. O‘smirlar gazetasida dastlabki mashqlari e’lon qilingan yosh shoir katta matbuotda 1938-yili «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» sahifalarida «Bizning avlod» she’ri bilan paydo bo‘ldi. Muvaffaqiyatdan ruhlanish, uni qurshab turgan yuksak adabiy muhit ta’sirida katta ishtiyoq bilan ijodga berildi. 1947-yilda bosilgan «Po‘lat quyuvchi» poemasi orqali katta ijodkorlar nazariga tushadi va alqovlar eshitadi. Shundan keyin badiiy ijod uning hayot mazmuniga aylanadi va har yili uning yangi kitobi bosmadan chiqib turdi. Asqad Muxtorning shoirlik salohiyati «Hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonlarim», «Chin yurakdan», «99 miniatyura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «She’rlar», «Quyosh belanchagi», «Sizga aytar so‘zim» singari she’riy kitoblarda yorqin namoyon bo‘ldi. Shoir o‘z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtayi nazari bilan yoritishga harakat qiladi. Shuning uchun ham o‘z davrida uning nazmini falsafiy xarakterdagi she’riyat deb baholashgan edi.
Asqad Muxtor nasrda ham o‘z kuchini sinab ko‘rishga ahd qiladi. 1950-yilda uning «Daryolar tutashgan joyda» nomli birinchi qissasi bosilib chiqadi. 1955-yili nashr etilgan «Opa-singillar» romani bilan o‘sha paytda adabiy jamoatchilik va kitobxonlar e’tiborini qozondi. Shundan keyin yaratilgan «Qoraqalpoq qissasi», «Buxoroning jin ko‘chalari», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Kumush tola» qissalari, «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» romanlari bilan o‘zbek nasri taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling