1. Urg`u so`z yasovchi qo`shimchalarga tushgan qatorni belgilang


Download 17.12 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi17.12 Kb.
#161530
Bog'liq
FONETIKA YODLASHGA


Fonetika.

1.Urg`u so`z yasovchi qo`shimchalarga tushgan qatorni belgilang. 1) terma (ot), 2) bostirma (ot), 3) gapirma (fe`l), 4) isitma (fe`l), 5) qovurma (sifat), 6) qaynatma (fe`l) A. 1,2,3,4 B. 3,4,6 C. 1,2,3,5 D.1,2,5,6 2. Har qanday go`zallik zamirida mehnat yotadi. Ushbu gapdagi yopiq bo`g`inlar tarkibida lablanmagan unlilar miqdori nechta? A. 8 ta B. 7 ta C. 6 ta D. 9 ta 3.Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan? Ushbu gapda qanday fonetik o`zgarish ro`y bergan? A) tor unli keng keng unliga o`zgargan B) portlovchi tovush tushgan. C) bir quyi keng unli boshqa keng unliga almashgan. D) jarangli undosh jarangsizga o`zgargan. 4. Urg`u haqidagi noto`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) so`zni gap tarkibida boshqa so`zdan ajratish vazifasini bajaradi 2) ohangini tashkil etishda ishtirok etadi 3) so`z fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi 4) turkiy so`zlarda barqaror o`ringa ega 5)urg`u ma`no farqlash uchun xizmat qiladi. A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3,4,5 D) 4,5 5. Jarangsiz jufti bo`lgan til oldi jarangli undoshlarni belgilang. A) z,j,d B) g,d,z,j C) d,b,z D) t,s,ch,sh 6.Lablangan va lablanmagan unliliar yonma-yon kelgan so`zlarni toping. 1) okean 2) tabiat 3) muallim 4) noaniq A) 3,4 B) 1,2,4 C) 1,2 D)1,2,3,4 7.Ochiq bo`g`inida ovozdor ,til orqa undoshi ishtirok etgan so`z berilgan qatorni toping. A) haqorat B) yangi C) xaloyiq D) xonaki 8. U dengizga o`xshaydi : goh to`lib,goh ozayib turadi. Ushbu gapda yopiq bo`g`inlar soni nechta? A) 6 ta B ) 7 ta C) 8 ta D) 9 ta 9. Eng buyuk jihod insonning nafsi bailan, shayton bilan qilgan jihodidir. Ushbu gapda nechta sintagma bor. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5ta 10. t va h tovushlari qaysi xususiyatlariga ko'ra bir garuhga mansub bo'ladi? A. jarangli va jarangsizligiga ko'ra B. lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko'ra C. portlovchi yoki sirg'aluvchiligiga ko'ra D. tilning qayerida paydo bo'lisbiga ko'ra 11. Yer ochganning baxti ochilar. Gapdagi til undoshlarini aniqlang. A. 1 ta til o`rta, 7 ta til oldi, 3 ta til orqa B. 1 ta til o`rta, 8 ta til oldi, 2 ta til orqa C. 1ta til o`rta, 9 ta til oldi, 1 ta til orqa D. 2 ta til o`rta, 7 ta til oldi, 4 ta til orqa 12.Qatoq undoshli so`zlar qatorini belgilang. A. Metall, gramm B. tenglama , bodring C. go`sht, barvaqt D. izzat, millat 13. Yopiq bo`g`inlardan biri faqat jarangli undoshlardan iborat qatorni belgilang. A. ma`naviy B. meros C. mushkul D. intizomi 14.Bir bo`g`ini to`rt tovushdan iborat so`z qaysi gapda ishtirok etgan? A. Sizdagi bu mardlik , quvnoqlik qaydan? B. Mening do`stim, qushchalar, siz, kuyni muncha xush chalarsiz. C. Dilbar endi har kuni ertalab uyni supuradi. D. Muallim kirgach, bolalar o`rinlaridan turishdi. 15. L tovushining artikulatsion belgisi qaysi qatorda berilgan? A. til oldi B. jarangli C. sonor D. portlovchi 16. O`zbek tilida nechta tovushning talaffuzida lab ishtiroki muhim? A. 3ta B. 5ta C. 8ta D. 11ta 17. Qaysi unlini talaffuz etganingizda og`iz katta ochiladi va til yotiq holda pastgi jag` ustida yotadi? A) A B) I C) U D) E 18. Menga ruchkangizni berib tursangiz,- deb iltimos qildi singil akasidan. Gapdagi ochiq bo`g`inlar sonini aniqlang. A) 7 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 11 ta 19. Qaysi bandda fonetik hodisa uchramaydi. A) Kasalini yashirsang, isitmasi oshkora B) Qalovini topsang, qor ham yonadi. C) Qozi bo`lsang, haddingni bil D) Boshim - kal, ko`nglim- nozik 20.Urg`u ma`no farqlash vazifasini bajaradigan so`zni aniqlang. 1) birdan ; 2) kattamiz; 3) banda; 4) shuncha; 5) akademiya. A) 1,2,4,5 B) 2,4,5 C) 2,3 D) 1,2 21. Bunday holatda yo`lovchi yoki haydovchi tomonidan da`vo arizasi qaytarib olinganligi munosabati bilan ayblanuvchi ayblovdan ozod qilinadi. Ushbu gapda tovush o`zgarishlarining qaysi turlari uchraydi? A) 2 ta tovush ortishi, 4 ta tovush almashishi B) 1 ta tovush ortishi, 3 ta tovush almashishi C) 1 ta tovush ortishi, 4 ta tovush almashishi D) 1 ta tovush ortishi tushishi,3 ta tovush almashishi 22. Yopiq bo`g`inida til orqa ng tovushi ishtirok etgan ko`p bog`inli so`zlar qatorini belgilang. A) singil, dengiz, yangi B)ko`nglim, teng, angla C)ongsiz, langar, angina D) mengza, mingta, tingla 23. Urg`u ma`no farqlash vazifasini bajaradigan so`zlarni toping. 1) soya ; 2) kunda ; 3) sizsiz; 4) o`zbekcha A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3 24.Umrim davomida kam bilim olganim,ko`proq hunar o`rganmaganim, ustuvor zakovatga erishmaganim mening xatolarimdir. Gapda nechta yopiq bo`g`in tarkibida M tovushi qo`llangan? A) 5 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9ta 25.Zilday zamin darz ketibdi , qilday maysa dastidan Parchada eng ko`p takrorlangan undoshga xos belgilar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? A) Til oldi, sirg`aluvchi, jarangli B) til o`rta sirg`aluvchi, jarangli C) til oldi, portlovchi, jarangsiz D) til oldi, portlovchi, jarangsiz. 26.Tovushning portlovchi yoki sirg`aluvchiligi uning qanday belgisi sanaladi? A) akustik belgisi B) fiziologik belgisi C) vazifaviy belgisi D) lingvistik belgisi 27. Til o`rtasining tanglayga tomon yuqori ko`tarilishi natijasida hosil bo`ladigan unlilar qaysi so`zda jarangli undoshlar bilan birga ochiq bo`g`inlar hosil qilgan? A) devonalarga B) gulingizdan C) davomiyligi D) fuziya 29. Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas. Tilning qayerida hosil bo`lishiga ko`ra farqlanuvchi undoshlar ishtirok etgan yopiq bo`g`inlar soni? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 30. b va k tovushlari qaysi xususiyatlariga ko'ra bir guruhga mansub bo'ladi? A) jarangli yoki jarangsizligiga ko'ra B) lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko'ra. C) portlovchi yoki sirg'aluvchiligiga ko'ra D) tilning qayerida paydo bo'lishiga ko'ra 31.Issiqqa ham, sovuqqa ham ko`nmas buning , kamiga seniyam behurmat qilganiga toqat qilib bo`lmaydi. Fonetik hodisalar sonini aniqlang. A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5ta 32.Sijjakdagi g`ijjakchi jiydadan g`ijjak yasarmish. Gapdagi nechta yopiq bo`g`inning undoshlari tilning old qismida hosil bo`ladi? A)3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5ta 33. Metateza hodisasi qaysi qatordagi so'zda kuzatiladi? A. zarar-zaral B. yurakka-yurakga С tuproq-turpoq D. tuzsiz-tussiz 34.Bilmaganday so`zida urg`u qaysi bo`g`inga tushgan. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 35.Xuddi shunday erta bahorda , Uchrashgandik ikkov kechqurun, Ayrilgandik erta saharda, Hali issiq ko`rinur o`rin She`riy parcha tarkibida fonetik o`zgarishlar sonini aniqlang. A) 4 ta B) 5ta C) 6 ta D) 8ta 36. Sening tug`ilib o`sgan shahringdan ayrilib yashashingga ko`zim yetmasdi. Ushbu gapda fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`zlarda nechta o`rinda portlovchi shovqinli undoshlar ishtirok etgan? A) 4 ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta


Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling