Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar:
nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishni, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishni, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilishni, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa;
hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha to‘liq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa;
ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoki uning ta’sis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar bo‘lsa;
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilganligi aniqlangan bo‘lsa;
nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari ma’naviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuyg‘ulariga daxl qilsa;
nodavlat notijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, rad etilishi mumkin
Ariza beruvchilarning huquqlari Adliya vazirligi tomonidan buzilgan taqdirda, ariza beruvchilar qanday milliy va xalqaro himoya mexanizmlaridan foydalanishlari mumkin?
Milliy tizim bo`yicha Ariza beruvchilarning huquqlari Adliya vazirligi tomonidan buzilgan taqdirda, “NNTlar to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasiga ko`ra, Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkinligi belgilangan.
49. Boraviyadagi axloq tuzatish muassasalaridan birida Kryuger ismli 18 yoshli mahkum 1 yil davomida axloq tuzatish muassasasi hududida joylashgan avtomibilga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida mehnat faoliyatini olib bordi. Mehnat faoliyati davomida bajargan ishi uchun tegishli haq ham oldi. Mehnat faoliyatini boshlashidan avval Kryugerga mahkumlarning mehnat xavfsizligi, ish vaqti, mehnatga haq to‘lash, haq to‘lanadigan ta’tillar haqida ma’lumot berilgan edi.
Kryuger Shoxobcha ish beruvchisiga yillik mehnat ta’tilini so‘rab murojaat qilganda, ulning talabi rad etildi. Bunga sabab sifatida ish beruvchi mazkur mahkumlar bilan mehnat shartnomasi tuzilmagani, ishga joylashtirish bo‘yicha buyruq berilmagani, ya’ni rasmiy mehnat munosabatlari mavjud emasligini tushuntirdi. Shu bilan birga shahobcha rahbari qo‘shimcha tarzda quyidagilarni sanab o‘tdi. Mahkumlar istalgan vaqtda majburiy mehnatga jalb etilishi hamda Kryuger tomonidan 1 yil davomida amalga oshirilgan ishlar mahkumning majburiy jamoat ishiga jalb etilishi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi hamda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi.
Kryugerning fikricha mahkumlar tomonidan amalga oshiriladigan mehnat ham mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi lozim. Ushbu vaziyatda uning mehnat huquqlari buzilyapti deb Ombudsmanga murojaat qilishga qaror qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |