Qo'shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan, sodda va qo‘shma gaplar orasidagi uyushgan gaplardan farqlash lozim . Buni quyidagi misollar orqali farqlash mumkin
1.Uyushiq kesimli sodda gaplar:
U badiiy asarlarni o‘qigandan so‘ng o‘ylanar, tasavvur qilar, xulosa qilar edi.
Madina goh o‘rnidan turar ,goh o‘tirar ,goh nimalarnidir o‘ylar edi.
2.Uyushgan gaplar:
Bugun ob -havo o‘zgacha bo‘lib , bulutlar ko‘rinmas , quyosh o‘z nurlarini zamin uzra sochar edi.
Yurak ezilar, aql unga bo‘ysunmas, inson esa qaysi birini ustun qo‘yishga hayron edi.
3.Qo‘shma gaplar:
Qarindoshlaridan ketadigani ketdi , qoladigani qoldi.( Abdulla Qahhorning ,,Yetim “ hikoyasidan)
Salimjon bir kechasi yomon tush ko‘rdi: burni boltaga o‘xshagan , o‘zi qop – qora bir barzangi Muhayyoni bir oyog‘idan sudrab ketayotgan emish ; Muhayyo dod solish , yig‘lash o‘rniga nuqul kular emish .
Salimjon uyg‘ondi , lekin hali esini o‘nglamasdan Muhayyoga chang soldi. ( Abdulla Qahhorning , ,Muhayyo" hikoyasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |