1.Uzunligi l va massasi M bo’lgan qayiq ko’lda tinch turibdi. Qayiqning ikki uchida o’tirgan, massalari m1 va m2 bo’lgan baliqchilar qayiq ustida o’zaro o’rinlarini almashtirsalar, qayiq o’rnidan qanchaga siljiydi. Suvning qarshiligini e’tiborga olmang.
2. Ikki tomoni kavsharlangan yopiq gorizontal trubacha o’rtasida
h=19,6 mm simob joylashtirilgan. Agar trubachani gorizontga nisbatan
α =300 burchakda joylashtirilsa, simob ustunchasi ΔL1=20 mm ga,
vertikal holatda esa ΔL2=30 mm masofaga ko’chadi. Truba ichidagi
havo qanday bosimgacha so’rib olingan.
3. Radiuslari r, 2r va 3r, zaryadlari mos holda 3q, -2q va 3q bo’lgan sharchalar tomonlari R>>r bo’lgan tetraedrning uchlariga joylashtirilgan. Tetraedrning zaryad joylashmagan uchidagi elektr maydon kuchlanganligi va potensialni toping, shuningdek sharchalar markazlaridagi potensial va ularning elektr ta’sirlashuv energiyasini aniqlang.
4. Sxemada keltirilgan qarshiliklar bir hil R ga, klemmalardagi kuchlanish esa U ga teng bo’lsa, o’tkazgichlarni qarshiligini e’tiborga olmay kuchlanish beruvchi o’tkazgichdagi tok kuchini aniqlang.
5.Sham va ekran orasidagi masofa L=3,75 m. Ularning orasiga ikki xil holatda ekranda sharning aniq tasvirini beradigan yig’uvchi linza qo’yiladi. Agar linzaning ko’rsatilgan holatlari orasidagi masofa l=0,75 m bo’lsa, linzaning fokus masofasi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |