4-rasm. Bloklardan tashkil topgan model oynasi.
Blokni o‘chirish uchun o‘chirilishi lozim bo‘lgan blok tanlanadi (kursor bilan uning rasmini ko‘rsatish va sichqonchaning chap tugmachasini bosish orqali), so‘ngra klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi.
Blok o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan blokni tanlash kerak, sichkoncha bilan blok burchaklaridan biri belgilanadi va chap tugmachasini bosgan xolda blok o‘lchamlari o‘zgartiriladi (bu holda kursor ikki tomonga qaragan strelka ko‘rinishiga ega bo‘ladi).
3. Agar extiyoji bo‘lsa, dastur tomonidan o‘rnatilgan parametrlarni o‘zgartirish mumkin. Buning uchun kursor yordamida tanlangan blokda sichqonchaning chap tugmachasini ikki marotaba bosish kerak. Natijada, ushbu blok parametrlarini taxrir qilish saxifasi ochiladi. Sonli parametrlarni kiritish jarayonida butun sonlar vergul bilan emas, balki nuqta bilan ajratilishini inobatga olish zarur.
O‘zgartirishlar kiritib bo‘lgandan so‘ng saxifani OK tugmachasini bosish orqali yopish kerak. 5-rasmda misol tariqasida uzatish funksiyasini modellashtiruvchi blok va ushbu blok parametrlarini taxrirlovchi saxifa ko‘rinishi keltirilgan. Bu oynadagi Numerator qatoriga uzatish funksiyasini suratidagi ko‘pxadni koeffitsientlar darajalari kamayib borish tartibida kiritiladi. Denominator qatoriga uzatish funksiyasini maxrajidagi ko‘pxadni koeffitsientlar darajalari kamayib borish tartibida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |