1. Vafoyeva Gulnora Yangihayot tumani fuqarolik ishlari boʼyicha sudiga


Download 316.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi316.8 Kb.
#1560484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OILA KAZUS IMTIHON UCHUN (2)

Er va xotinning mol Mulki qay tartibda bo’linadi? Vaziyatga huquqiy baho 
bering 
27-modda. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish 


Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga 
ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, 
shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga 
undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan 
hollarda amalga oshirilishi mumkin. 
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv 
asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy 
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi 
mumkin. 
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, 
shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida 
amalga oshiriladi. 
Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi 
qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq 
qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki 
o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin. 
Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda 
orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi mumkin. 
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar 
(kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar 
kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri 
bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi. 
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan 
bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-
xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi. 
Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan 
taqdirda, er va xotin mol-mulkining bo‘linmay qolgan qismi, shuningdek er va 
xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik 
ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi. 
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi 
talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi. 
Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya 
qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega. Agar 
hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan 
hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini 
solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli. 
Manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning 
bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon 
qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar 
hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Hadya shartnomasida hadya 
oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani 
bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin. 
4. Samarqand viloyatida yashovchi Aliev Samariddin va Axmedova Zebolar 
maktabda o‘qib yurib, bir-birlarini yaxshi ko‘rib qolishadi. Maktabning 10 sinfni 
tugallash arafasida ular nikohda bo‘lmasdan va voyaga yetmasdan farzand ko‘rib 


qoladilar. Qizning ota–onasi qizini uyida saqlab, nabirasini qabul qilmaydilar. 
Axmedova esa o‘zining eri va farzandi bilan birga yashashani talab qiladi. 
Voyaga yetmagan qiz va o‘g‘il farzand ko‘rishganda, ular bolasiga nisbatan 
qanday huquqlarga ega bo‘ladi? Vaziyatga huquqiy baho bering. 
72-modda. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari 
Voyaga yetmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida 
ishtirok etish huquqiga ega. 
O‘zaro nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug‘ilganda 
hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda o‘n olti yoshga to‘lishlari 
bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar. 
Voyaga yetmagan ota-ona o‘n olti yoshga yetgunga qadar, bolani voyaga yetmagan 
ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. 
Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o‘rtasida kelib chiqadigan 
kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi. 
Voyaga yetmagan ota-ona o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e’tirof 
etish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadir. 73-modda. Ota-onaning 
bolalarga ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari 
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. 
Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z 
bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida 
g‘amxo‘rlik qilishlari shart. 
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun 
huquqqa ega. 
Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta’lim olishini 
ta’minlashi shart. 
5. Fuqaro Kamalov Alisher va Samadova Nilufar voyaga yetkandan so’ng 
turmush qurmochi bo‘lishdi va ular hozirda Toshkent shahrida o‘qiyotganliklari 
sababli Toshkent shahar Yunusobod tumani FXDYo (ZAGS)ga murojaat qilishdi. 
Toshkent shahar Yunusobod tumani FXDYo mudiri fuqarolarga turmush qurish 
uchun doimiy yashash manzilidagi FXDYo organiga murojaat qilishi kerakligini 
aytib ularning murojatiga javob qaytardi. 

Download 316.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling