1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash
Download 296 Kb.
|
Word 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Nominal va real valyuta kurslari
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI 6-BI-21 GURUH TALABASI IBRAGIMOV AKBARNING MAKROIQTISODIYOT FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu:Valyuta kursiReja:
1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash 2. Valyuta kurslarining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar 3. Nominal va real valyuta kurslari4. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli xar qanday ayirboshlashda bo’lgani kabi valyuta narxini yoki valyuta kursini aniqlash zaruriyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, valyuta kursi — bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan narxidir. Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. O’ to’g’ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining narxi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 2200 so’mga, 1 Rossiya rubli 80 so’mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi. Masalan, 1 o’zbek so’mi 0,000454 AQSh dollariga to’g’ri keladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham to’g’ri kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning narxi yoki kursi aniqlanadi. O’zbek so’mining kursi O’zbekiston valyuta birjasida o’rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo’lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o’rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. Talab va taklifga asosan aniklanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy bel- gilangan valyuta kursi tizimi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o’zbek so’mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (34- chizma). Dollarga bo’lgan talabning kamayishi D to’g’ri chizig’ida berilgan. Bu shuni ko’rsatadiki, agarda dollar o’zbekistonliklar uchun arzon bo’lsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo’ladi va bu o’z navbatida ularning amerika tovarlariga bo’lgan talabini oshiradi. Download 296 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling