1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash


Sof eksport chizma. Xarid qobiliyati pariteti


Download 296 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2023
Hajmi296 Kb.
#1645547
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Word 3

Sof eksport chizma. Xarid qobiliyati pariteti


Shunday qilib, sof eksport egri chizig’i real almashtirish kursiga nisbatan yanada qiyalashadi. Ya’ni, turli mamlakatlar valyutalarining xarid qobiliyatini tenglashtiradi, real almashtirish kurslaridagi har qanday o’zgarishlar esa sof eksport miqdorida o’zgarishlarga olib keladi.
Valyuta almashuv kursining o’zgarib boruvchi boshqariladigan usulini qo’llash orqali almashuv kursining maqsadli koridor doirasida bo’lishi ta’minlanadi. Shu sababdan eksportni rag’batlantirish maqsadida so’mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko’rildi.
Natijada 2013 yil davomida so’mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 11,0 foizga pasayib, 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, bir AQSh dollari 2202,20 so’mni tashkil qildi.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining 95 foizga yaqini AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo’ljal sifatida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi.
Shunga muvofiq, so’mning AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi.
Olib borilgan valyuta siyosati ta’sirida so’mning almashuv kursi evroga nisbatan 15,7 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14,2 foizga, funt sterlingga nisbatan 13,1 foizga pasayib, eksportni rag’batlantirishga xizmat qildi.


4. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga

ta’siri


Real valyuta kurslari jamg’arma va sarmoyalar o’rtasidagi farqni ko’rsatuvchi vertikal to’g’ri chiziq va sof eksport miqdorini ko’rsatuvchi, o’ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi. Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko’rsatilgan milliy valyuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo’ladigan milliy valyuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valyuta kursi kapital bilan bo’ladigan operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo’lgan talabni tenglashtiradi


Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling