1. Vant-Goff qoidasining ifodasi to’g’ri berilgan javobni aniqlang?


Download 19.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1592309
Bog'liq
Vant-Goff qoidasi va kimyoviy muvozanat 1


1. Vant-Goff qoidasining ifodasi to’g’ri berilgan javobni aniqlang?
A) Harorat har 10°C ga o’zgartirilganda reaksiya tezligi 2-4 marta oshadi.
B) Harorat har 10°C ga o’zgartirilganda reaksiya tezligi 2-4 marta oshadi yoki kamayadi.
C) Harorat har 10°C ga oshirilganda reaksiya tezligi 2-4 marta kamayadi.
D) Harorat har 10°C ga o’zgartirilganda reaksiya tezligi 2-4 marta kamayadi.
2. Quyida berilgan formulaning ifodasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?

A) 1 kichik haroratdagi reaksiya tezligi bo’lib, u hamisha katta haroratdagi reaksiya tezlikidan katta bo’ladi.
B) Harorat har 25 °C ga o’zgartirilganda, reaksiya tezligi 2-4 marta ortadi.
C) Harorat har x °C ga o’zgartirilganda, reaksiya tezligi 25 marta ortadi.
D) Harorat har 25 °C ga o’zgartirilganda reaksiya tezligi x marta oshadi.
3. 50 °С da reaksiya 100 sekund davom etadi. Reaksiya tezligining temperatura koeffitsiyenti 3 ga teng. Shu reaksiya 30° С da necha minut davom etadi?
A) 900 B) 15 C) 600 D) 20
4. 1 mol H2 va Cl2 dan iborat aralashma (H2 mo‘l olingan) o‘zaro ta’sirlashdi va muvozanat qaror topdi (Km = 2). Muvozanat vaqtida H2 va HCI ning konsentratsiyalari tenglashdi. Reaksiyada sarflangan Cl2 ning mol miqdorini aniqlang (reaksiya 1 litrli idishda olib borildi).
A) 0,8 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,6
5. Quyidagi 2CH4(g) → C2H2(g) + 3H2(g) - Q tenglama muvozanatini qanday omillar ta‘sirida o‘ng tomonga siljitish mumkin? 1 ) bosimni oshirish; 2) bosimni kamaytirish;
3) qizdirish; 4) sovutish; 5) katalizator qo‘shish; 6) hosil bo‘lgan mahsulotni ajratish.
A) 1, 3, 6 B) 1, 5, 6 C) 2, 3 ,5 D) 2, 3, 6
6. Reaksion muhitni 65°C dan 35°C gacha sovutilganda reaksiya tezligi 27 marta sekinlashadi. Shu reaksiyaning temperatura koeffitsiyentini toping.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
7. Quyidagi muvozanatning siljishiga qaysi omillar ta‘sir etmaydi?
N2(g) + O2(g) → NO(g) -180,7 kJ/mol.
A) temperatura va bosim
B) bosim va katalizator
C) azot konsentratsiyasining kamayishi
D) temperatura va katalizator
8. Temperatura koeffitsiyenti 3 ga teng bo‘lgan reaksiya 293 K da 3 soatda tugallanadi. Reaksiyani 20 minutda tugallash uchun temperaturani qancha (K) ga ko‘tarish kerak?
A) 20 B) 315 C ) 313 D) 30
9. H2 + J2 → 2HJ kimyoviy reaksiyasida temperatura har 30°C ga ko‘tarilganda, reaksiya tezligi 4 marta ortishi aniqlangan. Shu reaksiyada temperatura 30°C dan 120°C ga qadar ko‘tarilganda, reaksiyaning tezligi necha marta ortadi?
A) 27 B) 16 C) 32 D) 64
10. Muvozanat holatidagi quyidagi jarayonlarning qaysi birlariga bosimning o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatmaydi?
1) H2(g) + S(g) ↔ H2S(g) + Q;
2) NO2(g) ↔ N2O4(g) + Q;
3) NO(g) + Cl2(g) ↔ NOCl2(g) + Q;
4) N2(g) + O2(g) ↔ NO(g) - Q;
5) H2(g) + I2(g) ↔ HJ(g) + Q;
6) SO2(g) + O2(g) ↔ SO3(g) + Q.
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 4, 5
11. Temperatura koeffitsiyenti 4 bo‘lgan reaksiya temperaturasi 130°C dan 100°C gacha o‘zgarganda, reaksiya tezligi qanday o‘zgaradi?
A) 64 marta ortadi
B) 64 marta susayadi
C) 12 marta tezlashadi
D) 12 marta susayadi
12. Agar metall namunalari 20°C da xlorid kislotada 27 min, 40°C da 3 min davomida erib tugagan bo‘lsa, shu jarayon 70°C da necha sekundda tugaydi?
A) 0,112 B) 6,67 C) 81 D) reaksiya vaqti o‘zgarmaydi
13. CO + O2 ↔ CO2 + Q reaksiya muvozanati qaysi omillar ta’sirida chap tomonga siljiydi?
1) O2 konsentratsiyasini kamaytirish; 2) CO konsentratsiyasini orttirish; 3) O2 konsentratsiyasini orttirish; 4) CO2 konsentratsiyasini orttirish; 5) katalizator kiritish;
6) bosimni pasaytirish; 7) temperaturani pasaytirish; 8) temperaturani ko‘tarish.
A) 2, 3, 6, 7 B) 1, 4, 6, 8 C) 2, 3, 4, 5 D) 4, 5, 6, 7
14. 2A(g) + 3B(g) → 4C(g) reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti 4 ga teng. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi 4 marta oshirilsa va temperatura 50°C pasaysa reaksiya tezligi qanday o‘zgaradi?
A) 256 marta oshadi
B) 1024 marta oshadi
C) 64 marta kamayadi
D) o‘zgarmaydi
15. Biror kimyoviy reaksiyaning 100°C dagi tezligi ikkinchi reaksiya tezligidan 2 marta katta. Birinchi reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti 2 ga, ikkinchisiniki 4 ga teng bo‘lsa, qanday temperaturada ikkala reaksiyalarning tezliklari tenglashadi?
A) 110 B) 130 C) 120 D) 150
16. 40°C temperaturada reaksiya 8 minut, 60°C da esa 2 minut davom etsa, bu reaksiyaning tezligi necha marta ortganligini hisoblang?
A) 2 B) 2,4 C) 8 D) 3
17. Quyidagi reaksiyalarning qaysilarida temperaturani oshirilishi muvozanatni chapga siljitadi?
1) NO(g) + O2(g) ↔ NO2 (g) ∆H < 0;
2) SO3(g) ↔ SO2(g) + O2(g), ∆Н > 0;
3) C(k) + CO2(g) ↔ CO(g), ∆Н > 0;
4) C(k) + Cl2(g) ↔ CCl4(g), ∆Н < 0.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3
18. Berk idishdagi azot (IV) oksid sovitilganda, uning 33,34% miqdori dimerga aylangan. Agar idishdagi moddalar gaz holatda bo‘lsa, idishdagi bosim necha foizga o‘zgargan?
A) 1/6 ga kamaygan
B) 1/3 ga kamaygan
C) 1/6 ga ortgan
D) 2/5 ga kamaygan
19. Temperatura koeffitsiyentlari 8/3 va 7/3 bo‘lgan ikkita reaksiyaning 59°C dagi tezligi bir xil. Temperatura 79°C gacha ko‘tarilganda, ikkinchi reaksiya tezligi birinchi reaksiya tezligidan necha marta katta bo‘ladi?
A) 1,96 B) 2,56 C) 1,58 D) 1,24
20. Temperatura koeffitsiyenti 2 va 4 bo‘lgan ikkita reaksiyaning boshlang’ich temperaturalari tegishli ravishda 30°C va 40°C ga teng. Qanday temperaturada (°C) ikkinchi reaksiyaning tezligi birichisidan ikki marta katta bo‘ladi?
A) 80 B) 60 C) 70 D) 50
21. 70°C dagi tezligi 1,2 mol/l∙min bo‘lgan reaksiya necha gradusda 40 sekundan keyin 0,6 mol/l modda konsentratsiyasi 1,2 marta kamayadi? (γ = 2)
A) 40 B) 30 C) 60 D) 50
22. 8 l hajmli idishdagi A(g) + B(g) = C(g) + D(g) reaksiyaning 10°C dagi tezligi 0,6 mol/(l∙min). 50°C da esa 6,4 mol D modda 5 sekundda hosil bo‘lsa, shu reaksiya bo‘yicha 20°C da 5 sekundda necha mol С modda hosil bo‘ladi?
A) 0,5 B) 0,8 C) 0,24 D) 3,2
23. 40°C dagi tezligi 2,4 mol/l∙min bo‘lgan reaksiya 20°C da 40 sekunddan keyin modda konsentratsiyasi 3/2 marta kamaysa, reaksiyaga kirishgan modda konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang. (γ = 2)
A) 0,8 B) 0,4 C) 1,8 D) 0,9
24. 60°C dagi tezligi 2,7 mol/l∙min bo‘lgan reaksiya 50°C da 20 sekundan keyin modda konsentratsiyasi 3/2 marta kamaysa, moddaning dastlabki konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang (γ = 3).
A) 0,9 B) 0,3 C) 1,8 D) 0,6
25. 5 l hajmli idishda A(g) + B(g) = C(g) + D(g) reaksiya 20°C da 40 sekund davom etdi va 4 mol С modda hosil bo‘ldi 50°C da 5 sekundda 4 mol С modda hosil bo‘lsa, shu reaksiyaning 10°C dagi tezligini (mol/(l∙s)) aniqlang.
A) 0,01 B) 0,16 C) 0,6 D) 0,096
26. 70°C dagi tezligi 1,2 mol/l∙min bo‘lgan reaksiya 40°C da 40 sekundan keyin modda konsentratsiyasi 1,2 marta kamaysa, reaksiyaga kirishmagan modda konsentratsiyasini (mol/l) aniqlang.(γ = 2)
A) 7,2 B) 0,5 C) 0,6 D) 0,1
27. 40°C dagi tezligi 2,4 mol/l∙min bo‘lgan reaksiya harorati necha gradusga o’zgartiril-ganda 10 sekunddan keyin 1,6 mol/l modda konsentratsiyasi 4/3 marta kamayadi?(γ = 2)
A ) 273 В) 0 C ) 40 D) 1
28. Qanday parametrlarni o‘zgartirish orqali quyidagi muvozanatni chapga siljitish mumkin? N2 + H2 ↔ NH3 - ∆H
A) azot, vodorod konsentratsiyalarini va sistema bosimini kamaytirish va temperaturani oshirish
B) azot, vodorod konsentratsiyalarini, sistema bosimini va temperaturani kamaytirish
C) azot, vodorod konsentratsiyalari va sistema bosimini va temperaturani oshirish
D) faqat bosimni kamaytirish va temperaturani kamaytirish
29. Harorat 10°C dan 130°C gacha ko‘tarilganda reaksiya tezligi 81 marta oshgan bo‘lsa, ushbu reaksiya harorati har 30°C ga oshganda reaksiya tezligi necha marta ortadi?
A) 4 В) 3 C) 5 D) 2
30. N2 + H2 → NH3 reaksiya sistemasida bosim 3 marta oshirildi. Sistema harorati 40°C dan necha gradusgacha o‘zgartirilganda to‘g‘ri reaksiya tezligi 27 marta ortadi? (γ = 3)
A) -20 B) 20 C) -30 D) 30
Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling