1-variant Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
-variant Auditorlik faoliyatining asosiy jarayonlari
Download 348.77 Kb.
|
hammasi faqat 35-45 gacha yuq
13-variant
Auditorlik faoliyatining asosiy jarayonlari. Mohiyati, maqsadi, vazifalari, huquqiy asosi, auditorlik tekshiruvlari(3), professional xizmatlari(6). . Ekspert va boshqa auditorlik tashkiloti ma’lumotlaridan foydalanish. Ekspert ishi, auditorlik dalili, boshqa auditor natijalaridan foydalanish. Auditorlik tashkiloti qanday hollarda va qay tarzda ekspert tayinlashi, ekspert ishlarining natijalarini rasmiylashtirishga oid qanday talablar mavjudligi va ulardan foydalanish tartiblari №16 «Ekspert ishlaridan foydalanish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida bayon qilingan. Standartga muvofiq mazkur auditorlik tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalterlik hisobi va auditdan boshqa (tashqari) ma’lum sohalarda (ma’lum masalalar bo’yicha) yetarli darajadagi bilim va (yoki) tajribaga ega, ushbu sohaga taalluqli masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan mutaxassis ekspert deb tan olinadi. Ekspertga asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak: mulklarning ayrim turlarini baholash (er, binolar, mashina va uskunalar, san’at asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.); mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar zaxiralari, mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.); maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.) bajarilmagan shartnomalar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmini o’lchash. Bu realizatsiya qilinganligini tan olish uchun zarur; ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va xo’jalik shartnomalarini yuridik baxolash va interpretatsiyalash (talqin qilish). Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanish to’g’risida auditorlik tashkiloti o’rganishi lozim bo’lgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan boshqa auditorlik amallarini qo’llash mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda xizmatidan foydalangan ekspert tegishli maxsus malakaga ega bo’lib, buni tasdiqlovchi hujjat (malaka attestati, sertifikat, litsenziya, diplom va sh. o’.) taqdim etishi lozim. Shuningdek, ekspert auditorlik tashkiloti xulosa olishni mo’ljallagan soxada tegishli tajriba va obro’ga ham ega bo’lishi hamda bu tavsiyalar, muloxozalar, nashr qilingan ishlari, ma’lumotnomalar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Ekspert xizmati shartnomada umumqabul qilingan shartlardan tashqari quyidagilar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim: ekspert ishining maqsadi va hajmi; auditorlik tashkiloti ekspert xulosasidan kutayotgan muayyan masalalarning bayoni; ekspert tashkiloti va xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida o’zaro munosabatlar bayoni, agar bu talab qilinsa; xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi; №16 AFMSda ta’kidlanishicha, ekspert xulosasi uchta qismdan iborat: kirish, tekshirish va xotima. Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir. Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risi-da auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi. Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz. Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi. Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; Asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor; Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tug’iladi: asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’linma moliyaviy axborotining hajmi; asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi; xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib ko’rsatishlar xatari. Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor: taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi; boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi; bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat o’tkazishi kerak. Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi: a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda yozma majburiyat oladi; b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor qilishi lozim. Download 348.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling