2. Ekspert auditorlik tashkiloti shtatida turmaydigan, buxgalteriya hisobi va auditdan farq qiluvchi sohalarda yetarlicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisdir
Download 27.22 Kb.
|
816 03.09.1999
[OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi] [TSZ: 1.Moliya / Auditorlik faoliyati] O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Vazir o‘rinbosari E.F. GADOYEV 1999-yil 27-iyul, 60-son “TASDIQLANGAN” “Ekspert ishidan foydalanish” O‘zbekiston Respublikasi Auditning milliy standarti 16-sonli AMS [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda ro‘yxatidan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 816] LexUZ sharhi Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. 2. Ekspert — auditorlik tashkiloti shtatida turmaydigan, buxgalteriya hisobi va auditdan farq qiluvchi sohalarda yetarlicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisdir. STANDARTNING MAQSADI VA VAZIFALARI 3. Standartning maqsadi auditorlik tashkilotining auditorlik tekshiruviga ekspertni jalb etish va uning ish natijalaridan foydalanishga doir harakatlarini belgilash hisoblanadi. 4. Standartning vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 4.1. Ekspertni tayinlash tartibini tavsiflash. 4.2. Ekspert ishi natijalarini rasmiylashtirishga doir talablarning mohiyatini aniqlash. 4.3. Ekspert ishi natijalaridan foydalanish tartibini tavsiflash. AMAL QILISh SOHASI 5. Mazkur standart talablari rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutadigan auditni amalga oshirish chog‘ida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, bundan tavsiya tusiga ekanligi bevosita ko‘rsatilgan qoidalar mustasno. 6. Mazkur standart talablari, natijalari bo‘yicha rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni ko‘zda tutmaydigan auditni o‘tkazish chog‘ida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlarni (konsalting xizmatlarni) ko‘rsatish chog‘ida tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi. Aniq topshiriqni bajarish chog‘ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti bu haqda o‘zining ish hujjatlarida va auditga va (yoki) unga turdosh bo‘lgan xizmatlarga buyurtma bergan xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga topshiradigan yozma hisobotida albatta ko‘rsatishi kerak. EKSPERTNI TAYINLASh 7. Ekspert sifatida auditorlik tashkiloti yuridik shaxs hisoblangan maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilot ishidan foydalanishi mumkin*. * Bundan buyon ekspertlar-jismoniy shaxslar va ekspertlar-yuridik shaxslar “ekspertlar” deb ataladi, ular uchun turli tartiblar belgilangan holatlardan tashqari. 8. Audit o‘tkazayotganda auditorlik tashkiloti baholovchi, muhandis, geolog, texnolog va boshqa ekspert ishidan foydalanishi mumkin. 9. Audit o‘tkazayotgan auditorlik tashkiloti ekspert ishidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan sharoitlar xususiyatidan va murakkabligidan, ularning muhimlilik darajasidan, shuningdek boshqa auditorlik tartib-taomillarning ushbu sharoitlarga nisbatan maqsadga muvofiqligi, mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqib qabul qiladi. 10. Auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish chog‘ida ishidan foydalanadigan ekspert quyidagilarga ega bo‘lishi shart: 10.1. Tegishli hujjatlar (diplom, litsenziya va hokazolar) bilan tasdiqlangan tegishli malakaga. 10.2. Auditorlik tashkiloti xulosasini olishni ko‘zda tutayotgan sohada tegishli taqrizlar, tavsiyalar, ma’lumotnomalar va hokazolar bilan tasdiqlangan tegishli tajriba va obro‘ga ega bo‘lishi. 11. Auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish chog‘ida ekspert ishidan quyidagi hollarda foydalanmasligi kerak: 11.1. Agar ekspert-jismoniy shaxs, audit o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy yoki ustun turuvchi ta’sischisi yoxud rahbari bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoxud quda-anda bo‘lsa yoki unga nisbatan auditorlik tashkiloti audit o‘tkazayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa mansabdor shaxsi yoxud shtatdagi xodimi bo‘lsa. 11.2. Agar ekspert-yuridik shaxs audit o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy yoki ustun turuvchi ta’sischisi (ishtirokchisi), kreditori, sug‘urtalovchisi bo‘lsa yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt ekspert-yuridik shaxsning asosiy yoki ustun turuvchi ta’sischisi (ishtirokchisi) bo‘lsa. Agar ekspert tayinlanganidan keyin yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelsa yoki ma’lum bo‘lib qolsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining obyektivligi tasdig‘ini ta’minlaydigan qo‘shimcha auditorlik tartib-taomillarini amalga oshirishi yoki boshqa ekspertni tayinlashi kerak. 13. Ekspert xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida umum qabul qilingan shartlardan tashqari quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak: 13.1. Ishning maqsadi va hajmi. 13.2. Aniq savollar tavsifi. 13.3. Agar talab etilsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan ekspertning o‘zaro munosabatlari tavsifi. 13.4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt axborotining maxfiyligi. 13.5. Ekspert o‘z ishida qo‘llash niyatida bo‘lgan taxminlar va usullar haqidagi hamda ularning auditorlik tashkiloti ekspert ishidan foydalangan oldingi davrlardagi taxminlar va usullarga muvofiqligi xususidami ma’lumotlar. 13.6. Ekspert xulosasining shakli va mazmuni. EKSPERT IShI NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh 14. Ekspert o‘z ishi natijalarini yozma shakldagi xulosa (hisobot, hisob-kitob va hokazolar) ko‘rinishida taqdim etadi. 15. Ekspert xulosasi yetarli darajada to‘la va batafsil bo‘lishi kerak, toki u bilan tanishgan tajribali auditor yoki boshqa ekspert, ekspert tomonidan o‘tkazilgan ish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lsin. Xususan, ekspert xulosasida quyidagilar aks ettirilishi kerak: 15.1. Audit qilishda ekspert o‘z ishini bajargan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi. 15.2. O‘tkazilgan ish obyekti va ekspertning javobgarlik chegarasi. 15.3. Qo‘llangan ish usullari, shu jumladan, ularning avvalgi davrlarda foydalanilgan usullarga muvofiqligi. 15.4. O‘tkazilgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday hal etilmagan muhim shubhalar. 15.5. O‘tkazilgan ishlar natijalari. 16. Ekspert xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiq qilish va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi kerak. 17. Ekspert xulosasiga kiritilgan ma’lumotlar ochiq va shunday tarzda ifodalanishi kerakki, ularning mazmuni va shakli aniq ko‘rinib tursin hamda turli sharhlashning imkoniyati bo‘lmasin. 18. Ekspert xulosasi auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan tartibda qog‘oz, mashina yoki boshqa vositalarda, ulardagi ma’lumotlarning auditorlik tashkiloti ish hujjatlarini arxivda saqlashning belgilangan muddat davomida saqlanishini ta’minlaydigan holda tayyorlanishi shart. 19. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo‘lishi shart: 19.1. Hujjatning nomi. 19.2. Hujjat sanasi. 19.3. Ekspertning imzosi va uning rasshifrovkasi. Oldingi tahrirga qarang. (19.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 816-1, 25.03.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/816-1/2816-son) 20. Ekspert o‘z xulosasini kamida ikki nusxada tayyorlaydi, ulardan biri auditorlik tashkiloti audit o‘tkazayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektiga, ikkinchisi auditorlik tashkilotiga taqdim etiladi. EKSPERT IShI NATIJALARIDAN FOYDALANISh 21. Ekspert ishi natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilarga nisbatan ko‘rib chiqilishi kerak: 21.1. Ekspert xulosasi asoslanadigan axborotlar. 21.2. Ekspert tomonidan o‘z xulosasini tayyorlashda foydalanilgan taxminlar va usullar, shu jumladan, ularning oldingi davrlarda foydalanilgan taxminlar va usullarga muvofiqligi. 21.3. O‘tkazilgan auditning umumiy natijalari. 22. Agar auditorlik tashkiloti tomonidan ekspert ishi natijalari ko‘rib chiqilayotganda ekspert xulosasi bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt axboroti (hujjatlari) o‘rtasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoxud auditorlik tashkiloti ekspert ishi natijalari asoslanmagan deb hisoblasa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining asoslanganligini tekshirishni ta’minlaydigan qo‘shimcha auditorlik tartib-taomillarini bajarishi yoki boshqa ekspertni tayinlashi kerak. 23. Ekspert xulosasi auditorlik tashkilotining ish hujjatlariga kiritilishi kerak. 24. Agar istisno tariqasida ekspert og‘zaki tushuntirishlar bersa, bunday tushuntirishlarni auditorlik tashkiloti o‘zining ish hujjatlarida aks ettirishi shart. 25. Auditorlik xulosasida auditni o‘tkazishda auditorlik tashkiloti ekspert ishi va ekspert xulosasidan foydalangani to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lmasligi lozim. 26. Ekspert xulosasini olish imkoniyati bo‘lmasa, bironta tekshirilgan holatlarni baholashda ekspert jiddiy ishonchsizlikka duch kelsa, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan ekspert yoki auditorlik tashkiloti bilan ekspert o‘rtasida hal etilmagan kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan hollarda auditorlik tashkiloti o‘tkazilgan audit natijalari bo‘yicha, shubhasiz, ijobiy xulosadan farq qiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. 27. Audit o‘tkazish chog‘ida ekspert ishidan foydalanish, shu jumladan, bunday ishga auditorlik xulosasining asoslanishi auditorlik xulosasini tayyorlagan auditorlik tashkiloti zimmasidan xulosa uchun javobgarlikni soqit qilmaydi. KUChGA KIRISh SANASI 28. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritiladi. Download 27.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling