Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance) deb ataladi.
Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-
Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital7ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |