Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti


Download 165.19 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi165.19 Kb.
#195238
Bog'liq
219 ATLM 1or


219-17 gurux talabasi Xudayberdiyev Jahongir Mirsalom o’g’li

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

Bilet-6

Axborot tizimlarini loyixalash fanidan ON 1

2020-2021 o‘quv
yili uchun


  1. Biznes tizmilarning modellari sanang

  1. Avtomatlashtirilgan axborot – hisoblash tizimlari

  1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi strukturasi

Kafedra majlisining 2020 yil 28-sentabrdagi 4 - sonli bayoni bilan tasdiqlangan

Tuzuvchi: AT
kafedrasi


Kafedra mudiri X.Zaynidinov

JAVOBLAR

1.Biznes modeli korxonaning real mavjud yoki ko’zda tutilyotgan faoliyatini aks ettiruvchi, biznes – jarayonlarning formallashtirilgan (grafikada, jadvalda, matnda, belgilarda) ifodasidir. Biznes – jarayonlarni modellashtirish – korxonaning pirovard maqsadlariga erishish uchun yangi biznes modelini tuzish jarayoni.Biznes-tizim – bu priovard maqsadi mahsulot ishlab chiqarish hisoblangan biznes-jarayonlarning o’zaro bog’liq to’plamidir.

Model – bu korxona faoliyati to’g’risida soddalashtirilgan tasavvur bo’lib, korxonada bo’lib o’tadigan barcha jarayonlarning printsipial xossalarini o’zida namoyon qiladi. Jarayonlarni modellashtirish biznes-jarayonlar tarkibini hujjatlashtirish, tahlil qilish va ishlab chiqarish, jarayonlari bajarish uchun zarur resurslar bilan ta’minlashni o’zaro bog’lashdir.

Tashkilot (korxona)ning biznes-jarayonlarini yaxshilashga o‘z diqqatini jalb qilishga undaydigan asosiy omillar quyidagilar:



  • Iste’molchilar va davlat tomonidan qo’yiladigan talablar;

  • Sifatni boshqarish dasturlarni tadbiq etish;

  • Xarajatlarni yoki siklning muddatini qisqartirish zarurati;

  • Tahskilot ichidagi ziddiyatlar;

  • Ikki yoki undan ortiq tashkilotning birlashishi.

Biznes-jarayonlarini quyidagicha takomillashtirish mumkin:

  • Biznes-jarayonlarini audit tekshiruvidan o’tkazish;

  • Biznes-jarayonlarini yaxshilahning asosiy tamoyillarini qo’llash;

  • Ilg’or texnalogiyalarni qo’llash;

  • “nou-xau” elementlariga ega bo’lgan, faqat aniq noyob holatlarga qo’llaniladigan innovatsion yechimlar.

Biznes jarayonlari murakkab tarkibga ega bo’lib, qat’iy mantiqan ketma-ketlikni talab qiladi. Korxonalarning asosiy maqsadi – foyda olish ekanligini hisobga olgan holda biznes-jarayonlarini tasniflash zarur.

Korxonalarda biznes-jarayonlari tizimi quyidagicha:

1) Xo‘jalik faoliyati va boshqaruv qarorlari qabul qilishni tahlil qilishning biznes-jarayonlari.

2) Marketing va sotish bo‘yicha biznes-jarayonlar.

3) O‘ziga tegishli bo‘lgan resurslarni boshqarish bo‘yicha biznes-jarayonlar.

4) Pul mablag‘lari harakati monitoringi bo‘yicha biznes-jarayonlar.

5) Xo‘jalik shartnomalarini bajarish monitoringi, byudjetlashtirish va rejalashtirish bo‘yicha biznes-jarayonlar.

6) Moddiy-texnik ta’minot va zahiralarni boshqarish bo‘yicha biznes-jarayonlar.

7). Sotish bo‘yicha biznes-jarayonlar.

Biznes-jarayonlarini modellashtirish – bu korxona faoliyatini optimallashning yo‘llarini qidirishning samarali vositasi, korxonani qayta tashkil etishning turli bosqichlarida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni kamay

Biznes-jarayonlarini modelini yaratish uslubiyati deganda, korxonada bo‘ladigan barcha jarayonlarning ketma-ketligini ta’minlaydigan, korxona uchun samarali pirovard maqsadga erishishga olib keluvchi usullar va yondashuvlarining to‘plami tushuniladi.

Biznes-jarayonlarini modellashtirish maqsadlari quyidagicha shakllantiriladi:



  • Korxona tarkibini tushunishni va unda bo‘layotgan jarayonlar dinamikasini ta’minlash;

  • Korxonaning joriy muammolarini tushunish va ularni yechish imkoniyatlarini ta’minlash;

  • Buyurtmachilar, foydalanuvchilar va mutaxassislarning korxona maqsadi va vazifalarini birdek tushunishga ishonch hosil qilish;

  • Korxona biznes-jarayonlarini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotga bo‘lgan talablarni shakllantirish uchun baza yaratish.

2. Avtomatlashtirilgan axborot – hisoblash tizimlari yaxshi tuzilgan masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu masalalar bo‘yicha zaruriy kirish ma’lumotlari mavjud bo‘lishi va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda boshqa standart protseduralari ma’lum bo‘lishi kerak. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ba’zi bir doimiy takrorlanadigan og‘ir amallarini avtomatlashtirish maqsadlarida malakasi uncha yuqori bo‘lmagan xodimlarning amaliy (ijro) faoliyati darajasida qo‘llaniladi. Shuning uchun bu darajada xodimlarning mehnat unumdorligini ancha oshiradi. Ularni og‘ir va mashaqqatli amallardan ozod etadi, hatto xodimlar sonini qisqartirishga ham olib keladi. Operatsion faoliyat darajasida quyidagi masalalar hal qilinadi:

- firma tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish;

- firmada ishlarning holati to‘g‘risida davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

- turli-tuman joriy so‘rovlarga javoblar olish va ularni qog‘ozda hujjatlar yoki hisobotlar shaklida rasmiylashtirish

3. Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo‘ladigan axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi..

Axborot tizimi – qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish va chiqarib berish uchun foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o‘zaro bog‘liq majmui.



Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari


Download 165.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling