1-variant Navoiy g’azal mulkining sultoni
Download 146 Kb.
|
1-variant Navoiy g’azal mulkining sultoni
2-variant
1.Abdulla Oripov she`riyatida rangin tuyg`ular tasviri. Reja: Abdulla Oripov Haqida Abdulla Oripov she`riyati Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, katta adabiy maslahatchi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida oʻrindoshlik boʻyicha oʻqituvchi, “Sharq yulduzi” jurnalida muharrir (1963–1982), Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimi masʼul kotibi (1982–1983), “Gulxan” jurnali bosh muharriri (1983–1985), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rayosati raisining oʻrinbosari (1985–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi (1987–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989–2007), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1995–2009) vazifalarida ishladi. 2009 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Faxriy raisi. U 1990 yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashining, 1995 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi (2005–2010). Abdulla Oripov Kaliforniya (AQSH) fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalqaro akademiyasining aʼzosi hamdir. Oʻzbek xalqining milliy tiklanish, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov sheʼriyati alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi hammualifidir. U 1994 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan, 1998 yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov 2016 yil vafot etgan. Dastlabki sheʼri 1957 yilda, oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos voqea boʻlgan “Mitti yulduz” nomli birinchi kitobi esa 1965 yilda nashr etildi. Shundan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1966), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “Oʻzbekiston” (1972), “Hayrat” (1974), “Yurtim shamoli” (1976), “Yuzma-yuz” (1978), “Najot qalʼasi” (1980), “Jannatga yoʻl” (1980), “Surat va siyrat” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Oltmish yoshli vatanning olti yoshli oʻgʻloni” (1983), “Ehtiyoj farzandi” (1989), “Sen bahorni sogʻinmadingmi”, “Bobo va nabira”, “Qush tili” (1991), “Munojot”, “Muborak haj yoʻllarida”, “Haj daftari, Hikmat sadolari” (1992), “Hikmat sadolari” (1993), “Dunyo” (1995), “Ibodat”, “Sohibqiron”, “Saylanma” (1996), “Savob” (1997), “Bedorlik” (1999), “Mustaqillik qoʻshigʻi” (2000), “Bir qarasam…” (2001), “Shoir yuragi” (2003), “Mehr” (2004), “Koʻz tumor” (2005), “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”, “Birinchi muhabbatim” (2006), “Talosh pallasi”, “Saylanma” (2007), “Ona yangligʻ yagona”, “Menga xushxabar ayt” (2009), “Istiqlol manzaralari”, “Saylanma” (2011), “Ezgulik”, “Ranglar va ohanglar” (2012), “Tutash dunyolar”, “Yangi sheʼrlar”, “Sohibqiron” (2015) kabi oltmishga yaqin toʻplamlari chop etildi. 2000–2013 yillarda “Tanlangan asarlar”ning yetti jildligi bosilib chiqdi. Abdulla Oripovning dostonlari, sheʼrlari koʻplab xorij tillariga tarjima qilindi. “Rodnik” (1970), “Veter Rodiniʼ” (M., 1975), “Lyubov k jizni” (M., 1980), “Jajda vesniʼ” (1985), “Udivleniye” (1985), “Veter moyego kraya” (M., 1988), “Soxibkiran” (1996), “Blagoslovenno projitoye mnoy” (2003) singari sakkizta kitobi Moskva va Toshkentda rus tilida bosilib chiqdi. “Ilhom” (1984) tojik tilida, “Sheʼrlar” (1989) Urumchida uygʻur tilida, “Hur oʻlkam” (1999) majmuasi Istanbulda turk tilida nashr etildi. U buyuk italyan shoiri Dante Aligerining shoh asari “Ilohiy komediya”ning “Doʻzax” qismini toʻligʻicha va “Aʼrof” qismidan toʻqqiz qoʻshiqni mahorat bilan oʻzbek tiliga oʻgirdi (1975,2005). Yenye Xelton, A. Pushkin, N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, R. Hamzatov, Q. Quliyev, Maxsatiy Ganjaviy, Yegishe Charens, H. Bachchan, H. Merilaas, Xalil Rizo va boshqa qardosh shoirlar sheʼrlarini tarjima qildi. Shoir ijodi mustaqillik yillarida nihoyatda tuygʻularga boy, fayzli va sermahsul boʻldi. “Haj daftari” (1992) turkumiga kirgan sheʼrlarida shoir maʼnaviyatimiz manbalarini kashf etish yoʻlidan boradi. Qurʼoni Karim, Hadisi shariflardan zamonaviy maʼnolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg sifatda ham maʼlum va mashhurdir. Xususan, “Sohibqiron” (1996) sheʼriy dramasi va “Istiqlol manzaralari” (2011) dostoni shoirga katta shuhrat keltirdi. Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling