1-variant Navoiy g’azal mulkining sultoni
Download 146 Kb.
|
1-variant Navoiy g’azal mulkining sultoni
2-variant
Rauf parfi she`riyatida yuksak badiiyat. Reja:
2.Rauf Parfining yozgan asarlari 3. Rauf Parfi she`riyati Rauf Parfi 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻildi. Ota-onasi Parfi Muhammad Amin va Sakina Isabek qizi mustabid tuzum davrida ona yurti Fargʻonaning Vodil hududidan quvgʻin qilingan edi. Boʻlajak shoir boshlangʻich va oʻrta taʼlimni “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Shoʻralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyoʻl shahridagi Alisher Navoiy nomidagi (10-sinf, kechki) maktablarda oldi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil oldi (1960–1965). Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat, “Yozuvchi” nashriyotlari, turli gazeta va jurnallarda faoliyat koʻrsatdi. Rauf Parfi sheʼriyatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan. Rauf Parfi e’tirof tanilmagan va shuhrat qozongan, hayotning baland-pastini ko‘rgan, ammo hukumat tomonidan siylanmagan shoir. Chinakam she’riyat va so‘z shinavandalarining chuqur e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Rauf Parfi 2005 yil 28 mart kuni 61 yoshida yurak hurujidan vafot etgan. Boʻlajak shoir boshlangʻich va oʻrta taʼlimni “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Shoʻralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyoʻl shahridagi Alisher Navoiy nomidagi (10-sinf, kechki) maktablarda oldi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil oldi (1960–1965). Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat, “Yozuvchi” nashriyotlari, turli gazeta va jurnallarda faoliyat koʻrsatdi. Uning “Karvon yoʻli” nomli birinchi kitobi 1968 yilda nashr etildi. Shundan soʻng “Aks sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Koʻzlar” (1978), “Qaytish” (1981), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1991), “Tavba” (2000) kabi sheʼriy majmualari eʼlon qilindi. Vafotidan soʻng “Sakina” (2013), “Turkiston yodi” (2013) singari saylanmalari bosilib chiqdi. Rauf Parfining “Vatan haqida Bernd Ietshga maktubim”, “Tangri sogʻinchi”, “Sunbula”, “Qora devor”, “Abdurauf Fitrat” (1995) asarlarini olasizmi, Vyetnam urushi haqidagi sheʼrlarinimi, tanka, xokku ‒ uchliklarimi, ularning barchasida adolatsizlikka, haqsizlikka nisbatan nafrat, gʻazab tuygʻulari limmo-limdir. Rauf Parfi K. Kaladzening “Dengiz xayoli” (1972), Bayronning “Manfred” (1973), A. Salamatning “Oltin bolta” (1974), I. Noneshvilining “Shiddat” (1976), A. Dyumaning “Uch sarboz” (pyesa, 1980), N. Hikmatning “Inson manzaralari” (1981), A. Tvardovskiyning “Zaytun novdasi” (1981), “Xotira huquqi” (1985), “Uygʻur shoirlari” (1986), “Ozod inson qoʻshigʻi” (1988), U. Saroyanning “Hoy, kim bor?” asarlarini hamda B. Brext, P. Neruda, G. Emin, O. Vatsiyetis kabi qardosh va jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan namunalarni tarjima qilgan. Rauf Parfiga “Sabr daraxti” toʻplami uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofoti berildi. 1992 yilda Xalqaro Mahmud Qoshgʻariy mukofoti bilan taqdirlandi. Turkiyada Diyonat Vaqfi tomonidan oʻtkaziladigan turkiy zabon shoirlar tanlovida gʻolib boʻldi (1993). Rauf Parfi sheʼriyatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan. Rauf Parfi e’tirof tanilmagan va shuhrat qozongan, hayotning baland-pastini ko‘rgan, ammo hukumat tomonidan siylanmagan shoir. Chinakam she’riyat va so‘z shinavandalarining chuqur e’tirofiga sazovor bo‘lgan. O‘zbek she’riyatiga yangilik oqimini olib kirgan haqiqiy rassomni tan olmaslik - bu mangu, doimiy mavzudir: yaratuvchi-rassom va hukumat. Bayron (“Manfred”), Nozim Hikmat (“Inson ko‘rinishi”), Karl Kaladze (“Dengiz bo‘yidagi o‘ylar”), Enver Selyamet (“Oltin bolta”) kabilarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Rauf Parfi — dan ziyod kitob muallifi, jumladan “So‘nggi vido” va “Vijdon mahbusi” vafotidan so‘ng nashr etilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1999), Mahmud Qoshg‘ariy nomli xalqaro mukofot hamda Turkiya Davlat adabiyot mukofotlari laureati (1996). Рауф Парфи “Шеърият” номли верлибрида: “Сўзлар керак Бош Ҳарбларда яраланган, Бош ҳарфлардан яралган Сўзлар”, — дейди. Бу билан шоир адабиётнинг бош вазифасига урғу беради. Бош ҳарфлардан яралган сўзлар, бу – ЭРК, ИНСОН, ИЙМОН, ВАТАН, МИЛЛАТ, ҲАҚИҚАТ… Ва, айнан, шу тушунчалар йўлидаги кураш – “Бош Ҳарблар”дир. Рауф Парфи наздида адабиёт мана шундай катта ҳарфлардан яралган тушунчалар йўлидаги курашларга яраши керак. Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling