Bayrogʻim, oʻzingni madh etay bugun, Tan olmoqda borliging el, jahon butun
Download 68.71 Kb.
|
Bayrogʻim
Bayrogʻim, oʻzingni madh etay bugun, Tan olmoqda borliging el, jahon butun. Qoʻllarida mahkam tutib yugurar oʻgʻlon, Vatan bizniki deb shon-sharaf uchun. Osmoning musaffo, suvlar sharqiroq, Oy ham oʻz mehrini, berib turibdi. Tinch zamonimiz yulduzlar porloq, Samoni toʻldirib kulib turibdi. Keksalar duosi koʻnglidek oppoq, Yoshlarga kuch qanot beraveradi. Yashil dalalarda xushnutmiz har chogʻ, Tomirda qonimiz joʻshaveradi. Bayrogʻim yuksaklik faqat seniki, Hilpirab tur doim senga yarashar. Kechagi kunlaring oʻtmishda qoldi, Bugun dunyo havas koʻzla qarashar. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Barcha yurtdoshlarimizni bugungi shodiyona kun bilan Mustaqilligimiz ramzi, Vatanimizni korki bolmish Bayrogimiz qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz! Download 68.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling