1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari
Download 0.55 Mb.
|
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca
7-variant
1.Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi 01.05.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2023 yil 30 aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumхalq ovoz berish orqali qabul qilingan. Qonunga asosan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 2023 yil 1 mayda kuchga kirdi.Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi. Amaldagi chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran oʻz faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 92-moddasi uchinchi qismining Oliy Majlis Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) a’zolari sonini belgilovchi qoidalari 2024 yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritiladi. Konstitutsiyaning 120-moddasi uchinchi qismi viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaхs bir vaqtning oʻzida хalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutadi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini ta’minlash uchun ushbu norma:viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan – 2024 yilda хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari boʻyicha; tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan – 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki oylik muddatda ishlab chiqish topshirildi.Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz loyihasini ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etdi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan boʻlsa, ularning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy oldi, desak toʻgʻri boʻladi. Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda. Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga koʻpaymoqda. Yaʼni, amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda. Shu bois, kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, koʻlami va hajmidan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomi «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida» deb oʻzgartirildi. Aholidan kelib tushgan takliflarning qariyb 20 foizi, yaʼni 18 mingtasi aynan parlamentni isloh qilish bilan bogʻliqdir. Shundan kelib chiqib, xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, xalq vakillik organi boʻlmish parlamentning rolini va oʻrnini, masʼuliyatini oshirish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, umuman mamlakatimizda parlamentarizm, xalq hokimiyatchiligini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator normalar loyihaga kiritilgan.Parlament faoliyati bilan bogʻliq konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham qayta koʻrib chiqildi. Bunda Qonunchilik palatasi bilan Senatning birgalikdagi vakolatlari hamda har bir palataning alohida-alohida vakolatlari va masʼuliyat sohalari aniq belgilab berilmoqda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatniki esa 14 tadan 18 taga koʻpaytirilmoqda, – dedi J.Shirinov.Yigʻilishda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining matni kuni kecha Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Oliy sud rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida ham atroflicha muhokama etilib, qoʻllab-quvvatlangani alohida taʼkidlandi. Qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling