1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi


Download 0.55 Mb.
bet12/37
Sana03.06.2024
Hajmi0.55 Mb.
#1840428
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

1. O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi.
O`zbekiston mustaqilligi haqida gap borganda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning o`rni va ahamiyatiga alohida to`xtalish lozim.«Mustaqillik Dsklaratsiyasi»da o`zbek xalqining asrlar davomida qo`lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olinishi uqtirildi.Deklaratsiyada O`zbekistonning suveren va mustaqilligi haqida shunday me'yorlar belgilangan:Birinchidan, O`zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o`z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.Ikkinchidan, O`zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi dahlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo`yilmay turib, o`zgartirilishi mumkin emas.Uchinchidan, O`zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo`linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.To`rtinchidan, SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O`zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq, O`zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O`zbekiston SSR hududida kuchga ega bo`ladi.Beshinchidan, O`zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O`zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.Oltinchidan, O`zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.Yettinchidan, O`zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o`zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.Sakkizinchidan, O`zbekiston SSR o`zining taraqqiyot yo`lini, o`z nomini belgalaydi va davlat belgilarini (gerbi, bayrog`i, madhiyasini) o`zi ta'sis etadi.To`qqizinchidan, Qoraqalpog`iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O`zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog`iston MSSR manfaatlarini himoya qiladiO`ninchidan, O`zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O`zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O`zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.O`n birinchidan, O`zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O`zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
O`n ikkinchidan, ushbu Deklaratsiya O`zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir1.
O`zbek xalqining asrlar davomidagi orzusi – o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga erishish 1991 yil 31 avgustda ushaldi. Shu kuni O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi e'lon qilindi. 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot O`zbekiston hukumatining siyosiy yo`lini to`la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda kuyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:«-O`tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib,-xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib,
-O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun ma'suliyatni anglab,-shaxs huquq va erkinliklarining, mustaqil davlatlar o`rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi qat'iy sadoqatni bayon etib,-millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qatiy nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining` munosib hayot kechirishini, sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib,
-Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligi va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi.O`zbekiston Respublikasining, o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, hududi bo`linmas va daxlsizdir. O`zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da'volari bo`lmay, u o`z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir».
O`zbekiston parlamentining bu bayonoti o`zining qonun kuchi bilangina emas, siyosiy mantig`i, ma'naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va eng muhimi millattaqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib turadi.O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yilning 31 avgustida «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun» qabul qilish ushbu qonun doirasida O`zbekiston SSRni bundan keyin O`zbekiston Respublikasi deb atash, 1 sentabrni Mustaqillik kuni deb e'lon qilish, O`zbekiston Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e'lon qilingan hujjatini tan olishga da'vat etish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu bevosita O`zbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.Ayni shu maqsadlarni ko`zlab, respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o`z ishini boshladi.O`zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etganligi alohida ta'kidlash lozim. Unda «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida» Konstitutsiyaviy qonun hamda «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi qonun kun tartibiga qo`yilib, qizg`in muhokama qilindi.Oliy Kengash deputatlari O`zbekiston Respublikasining “Davlat Mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qonunni moddama-modda muhokama qilib, qabul qildilar. So`ngra Respublika Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot qabul qilinib, O`zbekiston SSRning nomi O`zbekiston Respublikasi deb o`zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi.O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o`zbek xalqining asriy orzusi ro`yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo`ldi.«O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida»gi qonun g`oyat katta ahamiyatta ega bo`lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to`xtash lozim. Mazkur qonun asosida O`zbekistonning huquqiy holati tubdan o`zgardi. O`z mohiyatiga ko`ra ushbu hujjat respublika uchun vaqtincha Konstitutsiya rolini ham o`ynaydigan bo`ldi. O`n yetti moddadan iborat bu qonun suveren O`zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab beradi. Unda:- O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e'lon qilindi.- O`zbekiston Respublikasining xalqi davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi- O`zbekiston Respublikasi to`la davlat hokimiyatiga egaligi, o`zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash huquqi ko`rsatildi- O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilganligi- O`zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berildi- O`zbekistonning tashqi siyosiy aloqalardagi mustaqilligi belgilandi
- O`zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umum jahon Deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat'i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi va qonunlari himoyasida bo`lishlari qonunlashtirildi.
- davlat ramzi bo`lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida normalar belgilandi.- Qoraqalpog`iston O`zbekiston tarkibida ekanligi e'tirof etiladi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli tartibda chiqib ketishi mumkinligi ham e'tirof etildi.Bunday Qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma'naviy-ahloqiy munosabatlar natijasi sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, ushbu Qonunga O`zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi uning xalqi erishgan huquq va erkinliklarini, davlat hokimiyatini tashkil etishdagi o`z xohish istaklarini qonuniy tartibda rasmiylashtirib, mustahkamladi. "O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonun e'lon qilingan kundan boshlab to yangi Konstitutsiya qabul qilingunga qadar 15 oy vaqt o`tdi, ana shu davr ichida davlat boshqaruvini qayta tashkil etishda g`oyat katta amaliy ishlar tajribasi to`plandi. Unda yashovchi xalqlarning yangicha yashashga va o`z davlat tuzumini barpo qilishga bo`lgan intilishlari va ularning huquq va erkinliklarini rivojlantirishning eng muhim kafolati ekanligi unda mustahkamlab qo`yildi. Shu davr mobaynida demokratik ijtimoiy va davlat tuzumining asoslari, oliy va mahalliy davlat hokimiyati va idora organlarining tizimi tarkib topdi, umuminsoniy demokratiya prinsiplari o`rnatildi. O`zbekiston Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari maromiga yetkazildi. Bu prinsiplar xalq ommasining ham mamlakat ichida, ham butun jahonda mustaqillik uchun olib borgan kurashlari natijasini o`zida mujassamlashtirdi. Shu tariqa, mustaqil O`zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi hamda faoliyati prinsiplarini va boshqa ijtimoiy munosabatlarni belgilab beradigan Konstitutsiya qabul qilish zaruriyati paydo bo`ldi.
6-variant 2.Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qish-loqda yuz bergan o'zgarishlarni alohida ta'kidlash joiz. Qishloqda tub islohotlar o'tkazishning bir necha o'ziga xos omillari bor.Bu borada davlat rahbari ta'kidlaganidek, istiqlolga erish-gach qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta'minlamasdan, qishloq xo'jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamas-dan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo'lmaydi, mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil qiluvchi qish­loq mehnatkashlari turmushini yanada to'kinroq qilish vazifasini bajarib bo'lmasdi. Ayni chog'da mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining salmog'i yuqori edi.
1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat re-surslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan.Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qish-loqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po-tensiali joylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini ko'rsatadi.
O'zbekiston hukumati qishloqning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi о'mini yuksak baholab, uni yanada yuksaltirishga doimiy e'tibor berishining boisi ana shunda. Shuning uchun ham I. Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 29-dekabrda bo'lib o'tgan IV sessiyasida shunday degan edi: «Men bir haqiqatni aytib charchamasam ke-rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo'jahgida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir».Shu bois avvalo qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samarador­ligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o'zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo'ldi. 1991-1996-yillarda qishloq xo'jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko'rildi.Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug'oriladigan yerlardagi g'allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi.Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo'lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko'payishi va faol seleksiya ishlari natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-ga imkon berdi. Agar 1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan bo'lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi.Qishloq xo'jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni yangi sifat darajasiga ko'tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning narxi 3-8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni dehqonlar erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko'p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi.
Bu osonlikcha bo'lmadi. Sababi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga va qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko'plab muammolar pay do bo'lgan edi.
Mazkur muammolarni qonun yo'li bilan hal qilishni ko'zda tu-tuvchi yangi hujjatlar qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo'jaligining joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qis-qa muddatli kredit ajratish ko'zda tutildi. MDH barcha mamlakatlaridan farqli o'laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik imkonini berdi.Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir qator muam­molar va yechilmagan masalalar ko'p edi. Shu bois 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust borayotgani va kutilgan natijalarni bermayotgani, mulk o'z egasini topishi haqida ko'p gapirilsada, amaliy hayotda esa bu masalalar o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi.1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi.Qoraqalpog'iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona viloyatlarida bironta ham maktab bino­lari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydala­nishga topshirishga qaratdi.Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 1992-1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» o'tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan.Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi.Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi.Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 1990-yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 ki­lometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8 ming xonadon gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi.Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling