1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari
v3. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish
Download 0.55 Mb.
|
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi davr
- O‘zbekistonning mustaqillik davri
8v3. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish.
Tarixini davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan8. Unda jamiyatda yuz beradigan tub o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyat iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka egalik qilishlikning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? degan savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan9 va quyidagi davrlashtirishni ilgari surgan:I. O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar)10. II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi. III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr oxirigacha).IV. “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha).V. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu davr 1917 yildan 1991 yilgacha davom qilgan.VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991 yil 31 avgustdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.Akademik A.Asqarov tomonidan ilgari surilgan bu davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston xududining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li aks etgan.Bugungi kunda jahon miqyosida tarixni umumiy, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy o‘ziga xosligini inobatga olgan holda quyigacha davrlashtirish ilgari surilmoqda. Bu davrlashtirish uslubidan maktab darslikliklarida ham, tarix fanlarini davrlarga bo‘lishda ham keng foydalanilmoqda. Bu tarixni tarixiy jihatdan bo‘lish dab qarasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.Tarixda eng qadimgi davr 2 davrga ajratilib o‘rganiladi. Bu davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug‘chilik jamoasi davri”ga bo‘linadi. O‘z navbatida urug‘chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug‘i) va patriarxat (ota urug‘i) ga bo‘linadi.Qadimgi davr mil.avv. YI asrdan milodiy IY asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, u 2 bosqichga bo‘linadi:1– arxaik davr - mil.avv. YI–IY asrlar.2–antik davr - mil.avv. IY asr oxirlaridan - milodiy IY asr.O‘rta asrlar davri o‘z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo‘linadi.1– ilk o‘rta asrlar- milodiy Y– IX asrlar2– rivojlangan o‘rta asrlar - milodiy IX– XYI asr boshlari3– so‘nggi o‘rta asrlar - milodiy XYI o‘rtalaridan –XIX asrlar o‘rtalarigachaYangi davr XIX asr o‘rtalaridan XX asrning 90 yillarigacha bo‘lgan davrni o‘zida qamraydi. Bu davr ikki bosqichga bo‘linadi:1 - Chor Rossiyasi mustamlakasi davri XIX asr o‘rtalaridan 1917 yilgacha2 - Sovet hokimiyati humronligi davri 1917 yildan 1991 yil 31 avgustgachaO‘zbekistonning mustaqillik davri 1991 yil 31 avgustdan bugungi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.Davrlashtirishda olimlar geologik va arxeologik davrlashtirishdan ham keng foydalanadilar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling