1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet34/37
Sana03.06.2024
Hajmi0.55 Mb.
#1840428
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

Istiqlol mafkurasi – millat va davlatning mustaqil rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan gʻoyaviynazariy qarashlar tizimi. I. m. istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tufayli paydo boʻladi. Uning asosiy vazifasi ozod va erkin taraqqiyot yoʻlidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, unda gʻoyaviy immunitet, mustaqillikka erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash omili hisoblanadi. Ozodlik yoʻlidagi intilishlar qonga botirilganini koʻrsatuvchi misollar jahon xalqlari tarixida koʻplab topiladi. I. m. olgʻa surgan hayotbaxsh qarashlar hech qachon izsiz ketmagan, bu qarashlar yangi sharoit va vaziyatlar vujudga kelganda mustaqillik uchun kurashni tay-yorlashga xizmat qilgan. Mustaqillik-ka erishgandan keyin I. m.ning maz-muni mustaqillik davri oldida turgan yangicha vazifalarda yorqin namoyon boʻladi. Bu davrda u mustaqillikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huqu-qiy va maʼnaviy asoslarini mustah-kamlashni gʻoyaviy jihatdan taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Mamlakatimiz xalqi ongida "Oʻzbekiston — yagona Vatan" degan tushunchani qaror toptirish I. m.ning muhim va-zifalaridan biridir. I. m. yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuygʻu-sini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning I. m. istibdod illatlariga barham berish, mustaqillik, ozodlik va bunyodkorlik kabi qad-riyatlarning maʼnosini chuqur anglab yetish, uni odamlarning qalbi va ongiga singdirish, jamiyat hayotida ogohlik, hamkorlik, milliy totuvlik muhitini taʼminlashni oʻzida ifodalaydikelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning g‘oyaviy-mafkuraviy poydevorini, targ‘ibot tizimini mustahkamlash, yot g‘oyalar tajovuziga qarshi tura olish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, va nihoyat, yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili mafkuraning jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini, milliy mafkura to‘g‘risida, uning ahamiyati, jamiyat hayotidagi vazifalari, mafkuraviy jarayon mazmu-mohiyati, uning vujudga kelishi, rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liqligi, O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g‘oya konsepsiyasi bilan mushtarakligi haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Mafkuraning jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligini, mafkuraning turlari, shakllari, tarkibi, jamiyat hayotidagi vazifalari, uning vujudga kelishi va jarayonlar bilan bog‘liqligini, uning xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari va vositalarini, milliy g‘oyaning O‘zbekiston xalqining ishonch e’tiqodi ekanligini, xalqni xalq, millatni millat qiluvchi ma’naviy kuchga ega ekanligini, O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimining rivojlanish xususiyatlarini o`rganib, malaka hosil qiladi. Yoshlarning milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodi hamda faolligini oshirishda mafkuraning zarurligini anglab yetish, g‘oyaviy jarayonlarni ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilish vositalarini qo‘llay olish, yot va zararli g‘oyalarni farqlash, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlarda turli tahdidlarga nisbatan ogohlik va dahldorlik tuyg‘ularini tarbiyalab borish, yoshlarni milliy g‘oyaning asosiy tushunchalariga ishonch ruhida tarbiyalay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili - mafkura sohasida tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, tugatilishi hamda ularning turlari, tuzilmalari, funksiyalari va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, tadqiqotchilar turli tadqiqot usullari, jumladan, tahlil va sintez; induksiya va deduksiya; analogiya; ajratib olish; ideallashtirish; konkretlashtirish; tasniflash; qiyoslash majmuasidan foydalanadi. Mafkura tushunchasi (arabcha «mufakkir» “mufakkiratun” so‘zlaridan olingan bo‘lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak, mafkura - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi.«G‘oya» va «mafkura» tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. Birinchidan, mafkura g‘oyaga nisabatan mazmunan kengroq tushunchadir. Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish yoki o‘zgartirishga qaratilganlik, ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda mavjud bo‘lishini va mafkuraning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlash, joiz. Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma’lum bir mafkuraviy qarashlar doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini, jozibadrlik kuchini namoyon qila olishi mumkin. Insoniyat tarixiga xalqlar va davlatlar, millatlar va jamiyatlarni yuksalishga yetaklagan yoki ularni tanazzul va halokatga mahkum etgan turli xil g‘oyalar ta’sir o‘tkazib kelgan. Chunki insoniyat taraqqiyoti yoki tanazzuliga g‘oya va mafkura bevosita ta’sir etadi. Mafkuraviy jarayonlar ijtimoiy sharoitlar bilan bevosita aloqadorlikda bo‘ladi. Milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘ladi. Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay) «fuqarolik burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalarga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarda poydevor bo‘ldi. Tarixda davrlar almashinuvi bilan mafkuralar ham o‘zgarib borgan. Foyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur etkazadi, uning taraqqiyotini orqaga surib yuboradi. Foyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlikning tarixda achchiq saboqlari qolgan. Masalan, Makedoniyalik Aleksandr va arab bosqini, Chingizxon bosqini, chor istilosi davrlarida ayrim hukmdorlarning xalqni birlashtirib kurashga safarbar etmagani o‘lkamizning qaramlik changaliga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. Mafkura va g‘oyalar tarixiy taraqqiyotda yetakchi mavqelardan birini egallaydi. Insoniyatning ko‘p ming yillik o‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Er yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ildi. Jamiyat tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlarining ko‘pchiligi dastlab Sharqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling