1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV


Download 0.55 Mb.
bet37/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,1996-yil 9-sentabr,
PF-1559-son
27v3.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda Tashqi ishlar, Mudofaa, Transport vazirliklari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbirda Harakatlar strategiyasining mazkur yo‘nalishida to‘rt yil davomida bajarilgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari Harakatlar strategiyasi, xususan, joriy yilgi davlat dasturining beshinchi ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat harbiy tashkiloti va mamlakat mudofaa tizimini yana-da takomillashtirish, ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targ‘ibоt ishlarini jadallashtirish, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari va diniy bag‘rikenglik mavzularida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, matbuot kotibi Avazbek Xodjimetov tizimda bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi.Taʼkidlanganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.2020 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash kabi masalalarda 12 ta tashabbusni ilgari surdi. Ushbu tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda.Joriy yil aprel oyida Turkiy kengashga aʼzo davlat rahbarlarining “Covid-19” pandemiyasiga qarshi kurashda hamjihatlik va hamkorlik» mavzusida videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida ham davlatimiz rahbari 6 ta dolzarb tashabbus kiritdi.O‘zbekistonda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda 25 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda.O‘tgan davr mobaynida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da rivojlantirishga qaratilgan 620 dan ortiq tadbir tashkil etildi.2020 yil inson huquqlari sohasida ko‘rilayotgan izchil chora-tadbirlar amaliy eʼtirofga sazovor bo‘ldi. 13 oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida O‘zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi aʼzoligiga saylandi.Joriy yil O‘zbekiston Respublikasi MDHga raislik qilmoqda. Shu munosabat bilan raislikning konsepsiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi qabul qilindi va hayotga tadbiq etilmoqda.O‘zbekiston raisligi davrida MDH doirasida 50 dan ortiq tadbir bo‘lib o‘tdi, 70 dan ortiq qaror va hujjat qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan 10 dan ziyod turli darajadagi uchrashuv va tadbir tashkil etildi.O‘zbekistonning gumanitar yuklari 9 ta mamlakatga (Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Xitoy, Eron, Vengriya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston) yetkazilishi tashkillashtirildi. Pandemiya davrida 455 ming nafardan ziyod fuqarolarimiz Vatanga qaytarildi, 60 mingdan ortiq xorijda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling