1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi


Download 0.55 Mb.
bet2/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:tarixni milliy, 1.umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;2.tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;3.tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;4.tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha – lenincha soxta inqilobiy ta’limotga bog‘lash, mutloq xato, yovvoiylik, aksilinsoniy hatti-xarakat bo‘lgan deb tushunmoq;5.tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:
ilmiy xolislik (obyektivlik);-tarixiy tahliliylik;-mantiqiy uzviylik;-vorislik va izchillik;-xronologik izchillik;-g‘oyaviylik va vatanparvarlik;-halollik va xolislik;-qiyoslash va kuzatish;-kuzatish va umumiylashtirish;-baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;-matematik hisoblash;-shakllash va modellashtirish;-ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
2.I.A. Karimovning O’zbekiston Prezidenti etib saylanishi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Malumoti - oliy. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi.Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.1983 yilda I.Karimov O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 yilda O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan qo‘mitasining raisi etib tayinlandi.1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.1995 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, I.Karimovning prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.2007 yil 23 dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, I. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, Islom Karimov 5 yillik muddatga, mamlakatning oliy lavozimiga saylandi.
I.Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar, demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, hamda, bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va "Amir Temur" ordenlari bilan taqdirlangan.
Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan ham mukofotlangan.I.Karimov O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni vaqtda u iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘pgina xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, hamda akademikligiga saylangan.O‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan salmoqli yutuqlarni haqli ravishda I.Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘laydi.
I.Karimov mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosidir:O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir;

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling