1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar


Download 0.55 Mb.
bet6/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

3.O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqirozdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyatlar munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti boshqa-rilmay qoldi. 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush sharoiti yomonlashdi.Mamlakat ijt-y-iqt-y jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’lini... respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iq­tisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi.O’zbekiston Ministrlar Sovetiga «O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va foydalanish yuzasidan respublika suveren huquqlarini amalga oshirishning mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1-iyungacha O’zbekiston O.Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer-osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O’zbekiston SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyi-hasi kiritishni topshirdi. boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijti­moiy va iqtisodiy siyosatni xalq xo’jaligini o’zi boshqarish va o’zini o’zi pul bilan ta’minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshi-radi, xo’jalik turmushi va madaniy turmushdagi milliy o’ziga xoslik saqlanib qolishini ta’minlaydi;boshqa respublikalar bilan o’z iqtisodiy aloqalarini ekvivalent-lik va o’zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xo’jalik kompleksi doirasida o’zaro shart-nomalar va bitimlar bilan tartibga soladi;mahalliy Sovetlarning mahalliy o’zini o’zi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi;o’z ixtiyorida bo’lgan hamma vositalar bilan mehnat jamoalarining va fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga ko’maklashadi, shu huquqlarning har tomonlama himoya qilinishini ta’minlaydi. «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida» 1991-yil, 31-avgustida qabul qilingan O’zbekiston Res­publikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.O’zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya moddalari «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida))gi Qonunning qoidalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.Konstitutsiya komissiyasisi tayyorlanayotgan «Respublika Konstitutsiyasi-ning Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin.O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar. «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonun 1-moddada O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqal-pog'iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat, deb e'lon qilinadi.2-moddada O'zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanli-gi va u respublika davlat hokimiyatining birdan bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.3-moddada O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi.5-moddada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaravchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosi­da ko'rilganligi haqida gapirildi.8-12-14-moddalar O'zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asos-larini izohlab berdi.13-14-moddalarda O'zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi.15-moddada O'zbekiston Respublikasi hududida inson huquq-lari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat'i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi va qonunlari himoyasida bo'lishlari qo-nunlashtirilgan.16-moddada davlat ramzi bo'lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O'zbekistonning Qoraqalpog'iston bilan munosabatlari xususida so'z borib, O'zbe­kiston Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O'zbekiston tarkibida ekanligi e'tirof etiladi
4-variant

  1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va roli.

«Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida «Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix sabog’lari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»,-deydi. Ushbu so’zlar komil insonni tarbiyalashda O`zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.O`zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, yoshlarga va bo’lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g’urur va o’zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To’rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularni sadoqatlik bo’lish ruhida tarbiyalash.O`zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o’zining imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo’shadi. O`zbekiston tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o’rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o’zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog’imiz lozimdir. Tarix-bu nafakat o’tmish, uning taxlili bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo’lib, u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling