Mavzu-17 O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibining huquqiy asoslari


Download 78.59 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi78.59 Kb.
#227918
Bog'liq
17 mavzu


Mavzu-17

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibining huquqiy asoslari

R E J A :

1.O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish.

2.O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining to‘xtatilishi.

3.Ota-onalarning fuqaroligi o‘zgarganda va farzandlikka olinganda bolalarning fuqaroligi.



13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

tug‘ilganlik bo‘yicha;

bola farzandlikka olinganda;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin.



14-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida:

a) ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa;

b) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa;

v) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Ushbu modda birinchi qismining «v» bandida nazarda tutilgan holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.

Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish turlari

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish:

umumiy tartibda;

soddalashtirilgan tartibda;

alohida tartibda amalga oshiriladi.

32-modda. Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda bolaning fuqaroligi o‘zgarishi

Agar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkin.

Ota-ona (yolg‘iz ota yoki ona) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini o‘zgartirganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolmasa, o‘zgarishi mumkin.

Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda, bolaning fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.



Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish hujjatlarini ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish tartibini o‘qib, konspeklashtirish.
  • 15,16,17- moddalar va 19,20,21 moddalarni o’qish va shulqrdan 2 tasini daftarga konspeklashtirish.

Download 78.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling