Tan olingan mamlakatmiz. Biror mamlakat ikkinchi mamlakatni tan olishi


Download 16.32 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1707581
  1   2   3
Bog'liq
Tashqi siyosat


Tashqi siyosat
O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosatida chegaradosh, mintaqadosh mamlakatlar va global davlatlar bilan aloqalarni yuritadi.
Bugunda biz dunyo miqyosida tan olingan mamlakatmiz.

Biror mamlakat ikkinchi mamlakatni tan olishi deganda ushbu mamlakatning suvereniteti, hokimiyati legitimligi, hududiy yaxlitligi va chegaralari buzilmasligining e`tirof etilishi nazarda tutiladi. Zamonaviy dunyoda dunyo davlatlari tomonidan tan olinmagan kvazi davlatlar ham kam emas.



Kvazi davlat deganda biror mamlakatdan noqonuniy yo`l bilan ajralib chiqqan yoki tuzilgan va dunyoning aksariyat davlatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan tan olinmagan hududlar tushuniladi. Bunday hududlarda xalqaro jinoyatchilik va kontrabanda avjiga chiqadi va ular bilan har qanday turdagi diplomatik munosabatlar yo`lga qo`yilmaydi.
Ikki davlat o`rtasida diplomatik munosabatlarning yo`lga qo`yilishi ular o`rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning yo`lga qo`yilishini anglatadi. Bunda ular o`rtasida viza asosida qatnovlar, siyosiy bordi-keldilar va investitsiyalar oqimi qonuniy (legitim) tus oladi.
Legitimlik har qanday mamlakat uchun tashqi siyosatni yo`lga qo`yish paytida muhimdir. Agar qaysidir mamlakatdagi amaldagi hokimiyat iqtidorga kelishda saylov yoki tayinlov metodlari o`rniga zo`ravonlik usullaridan foydalangan bo`lsa, u xalqaro maydonda tan olinmaydi.
Dunyo maydonidagi davlatlar o`rtasida global miqyosda amalga oshiriladigan siyosat geosiyosat nomi bilan ataladi va uni dunyoning har bir davlati u yoki bu ko`rinishda amalga oshiradi. Bu ishda diplomatiya har bir davlatga juda qo`l keladi.
Diplomatiya uslubidan foydalangan holda tashqi siyosat yuritish XXI asrdagi asosiy talabdir. Zero u yoki bu maqsadda amalga oshiriladigan urushlar ikki tarafga ham albatta katta siyosiy, iqtisodiy va madaniy zarar keltiradi va diplomatiyadek natijador emas. Urushdagi zararlarning eng kattasi inson potensialining yo`qotilishidir.
XXI asrda davlatlar o`rtasidagi siyosiy munosabatlarda inson potensiali allaqachon hudud potensialini surib chiqargan. Sababi dunyo mamlakatlarining aksariyatida avvalgidek hududga bog`liq bo`lgan qishloq xo`jaligi emas, inson potensialiga asoslangan ishlab chiqarish va servis sohasi yetakchilikni egalladi.

Elchixonalar.



Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling