Tan olingan mamlakatmiz. Biror mamlakat ikkinchi mamlakatni tan olishi


Download 16.32 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1707581
1   2   3
Bog'liq
Tashqi siyosat

Elchixonalar insoniyat tarixida qadimdan muhim o`rin tutib kelgan. Biror davlat ikkinchi davlatga o`z elchisini tayinlash jarayonida savdogar yoki diniy ulamolar xizmatidan keng foydalangan. Chunki o`sha davrlarda elchining boshqa mamlakat haqidagi bilimi yoki o`sha mamlakatdagi nufuzi birinchi o`rinda turgan.
Bugungi dunyoda biror mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi uning dunyodagi ko`p mamlakatlar bilan diplomatik va elchilik aloqalarini o`rnatganligi bilan ham o`lchanadi. Buning boisi shuki, bugungi dunyoda avtarkik davlat tarzida yashash juda ham mushkul.
Bugungi dunyomizda qaysidir davlat o`zini qat`iy chegaralar bilan dunyodan ixotalab olsa va import uslubidan voz kechsa, biz uni avtarkik davlat deb ataymiz. Bunday davlatlar iqtisodiy taraqqiyotda bir qator muammolarga duch keladilar.
U yoki bu davlatning iqtisodiy taraqqiyoti dunyoning rivojlangan davlatlari bilan diplomatik va elchilik aloqalarining o`rnatilishiga ham bog`liq. Chunki bu jarayonda o`sha davlatga xorij mamlakatlarining investitsiyalari kirib kela boshlaydi.
O`z aqliy investitsiyasini elchilikka tikkan shaxs albatta og`ir-vazmin xarakterga va yuqori muomala madaniyatiga ega bo`lishi talab etiladi. Chunki u xorijiy mamlakatda o`z mamlakatining qadriyatlarini namoyon etadi.
O`zga mamlakatda yashovchi o`z millati madaniy qadriyatlarini muhofaza etishda elchixonalar o`sha mamlakatdagi madaniy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.
Biror xorijiy mamlakat bilan hamkorlik qilishda elchixonalar va konsulliklar alohida funksiyalarga egadirlar. Elchixonalar davlatlar o`rtasidagi siyosiy munosabatlar bilan shug`ullansalar, konsulliklar o`sha mamlakatdagi davlatning fuqarolari manfaatlari bilan band bo`ladilar.
Torroq ma`noda konsullikni hali yetilmagan elchixona deyish mumkin. Chunki hali diplomatik aloqalar to`liq o`rnatilib, elchixonalar faoliyati yo`lga qo`yilmagan mamlakatlarda ham konsulliklar
Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling