Xorij psixologiyadagi asosiy muammolar. Xorij psixologiyasida motiv muammosi. Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi


Download 16.25 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2024
Hajmi16.25 Kb.
#1843070
  1   2
Bog'liq
psixologiya 1-mavzu


Mavzu: Xorij psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi
Reja:

  • Xorij psixologiyadagi asosiy muammolar.

  • Xorij psixologiyasida motiv muammosi.

  • Xorij psixologiyasida motivatsiya muammosi.


Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda oziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bolib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi goyalar va yonalishlar mujassamlashdi. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K. D. Ushinskiy, I. M. Sechenov, I. P. Pavlov, V. M. Bexterev, A. F. Lazurskiy, A. A. Uxtomskiy, S. V. Rubinshteyn, V. S. Merlin, V. I. Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir. .
Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini organish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulqatvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin boladi. Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan kora olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qollabquvvatlash mumkin..
Motivatsiya- odamni faoliyatga undovchi sabablar majmui bolib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yonalganlik, tashkilotchilik, qollabquvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bolib, unda «Nima uchun? » , «£anday maqsad bilan? » , «qanday ma’noda? » kabi savollarning mativatsiyaga bogliqligidir. • Motivatsiya inson xulq atvori, uning boglanishi, yonalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.

Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling