Oftalmologiya fani, uning tarkibi, vazifasi, boshqa fanlar bilan boglanishi, tarixi va uzbekistonda rivojlanishi
Download 21.47 Kb.
|
Oftalmologiya fani, uning tarkibi, vazifasi, boshqa fanlar bilan boglanishi, tarixi va uzbekistonda rivojlanishi Markaziy Osiyo oftalmologiyasining tarixi ulug mutafakir,tibbiyot faning allomasiAbu Ali Ibn Sinodan boshlanadi..U 980 yili Buxoroda tavallud topgan va 16 yoshdan juda katta kizikish va intilish bilan tabobatni urgangan.Bu yulda unga Buxorolik olimAbul Mansur Kamariy yordam bergan.Abu Ali Ibn Sino 35 yoshida 1-tomni yozib tugatgan «Tib Konunlari» kitobi Urta asrning fundamental tibbiyot entsiklopedisi bulgan.Konunning 3 tomida muallifning kuz va kuz kasalliklari tugrisida 3 ta katta makolasi urin olgan.Birini makolada kuzning anatomiyasi uning normal xolati va yalliglanish kabi kasalliklari bayon etilgan xamda kuz salomatligini saklash ,kuzga nimalar zarar keltirishi izox berilgan.Keyingi makollalarida kuz kasalliklaridan shilpik,trixiaz,shox pardaning xiralanishi,,katarakta,uni kuzdan chikarib olib tashlash,va yomon okibatlari kabi xolatlari tugrisida yozib koldirilgan.Allomaning yana bir sermazmun asari «Donishnomada» kuzning kurish jarayonida tashki muxitdagi borlik kuzdan kanchalik uzok bulsa,uning shakli shunchalik kichkina bulib kurinishi,bayon kilinib muallifdan oldin yozib koldirilgan notugri tushuncha kuzning kurish jarayoni kuzni uzidan nur sochib chikishi bilan boglikligi asossiz afsona ekanligi fosh etildi.Ibn sino kurish kuzdan chikadigan nurga emas balki tashki muxitdagi narsalar shaklini kuzda aks topishiga va bunda kuz gavxarining moslab berish faoliyati isbotlanadi.Kuz kasalliklarini aniklab,tashxis kuyish uchun anatomiya ilmini yaxshi bilish asosiy zamin bulishini xam uktirib utgan.Buxoro xonligida kuz kasalliklaridan konyuktivitni davolash uchun tabiblar fuksin kirmizni ona sutini ,sigir va echki sutlarini,shox parda chandigini davolash uchun maydalab tuyilgan kumush yoki chinnini kuzga sepib ishlatganlar .Achik tosh va mis zangidan xam foydalanganlar . 19 asrning urtalarida ruslar Turkistonni bosib olga Tshkentga birini vrach Dmitriy Nikolaevich Danilov kelgan xamda umrining oxirigacha Markaziy Osiyoning Toshkent,Samarkand, Fargona shaxarlarida va Almatada shab shifoxonalar ochgan.Axoliga imkon boricha kup yillar davomidv tibbiy yordam bergani uchun Uzbekiston xukumati tavsiya bilan mexnat kaxramoni unvoniga sazovor bulgan. 1915 yildan to 1923 yilgaa Fargonada Aleksey Ivanovich Pakrovskiy ishlagan.U Fargona kuz kasalliklari dispanserini tashkil kilib,davolash usullarini yangi yulga kuygan. Toshkentda Urta Osiyo davlat Universitetining ochilishi,unda 15 urinli xarbiy gospital binosi ochilgan.Kafedra asoschisi A.G.Trubin edi. 1924 yildan 1931 yilgaa kafedrani A.N.Murzin boshkargan.1932 yilda prof Arxangelski kelib kafedra mudiri lavozimiga tasdiklangan.Uning 100 ta ilmiy tadkikot ishi mavjud bulib,kuzning terlamadan kasallanishi,brutselyozning kuzga ta'siri glaukoma va boshkalarga bagishlangan. Arxengalskiy shogirdi orasida T.Yo.Kosimovlar va M.X.Xamidova bulgan.1957-1969 yillarda Kosimov kafedrani boshkargan.Kuz kasalliklarini rivojlantirishda uz xissasini kushgan .1969 yilda kafedra mudirligiga uzbek ayollaridan birinchi aspirant,birinchi fan nomzodi Urta Osiyo buyia birini fan doktori oftalmoxirurg prof Muxtaram Xamidova tanlov bilan utgan.Xamidova ikkita fan nomzodi dissertatsiyasi ilmiy raxbari bulgan. M.Xamidova davolash va jarroxlik ishlarini yaxshilash uchun kupgina yangi –yangi dorilar kullab yangi asbob uskunalar va amaliy usullar bilan kuz mikro xirurgiya jarayonini boyitgan etuk oftalmoxirurgdir.1968 yilda «Odam kuruv analizatori periferik zvenosining ontogenezi,onalar va bolalarning xomila davridagi ba'zi bir kasalligini urganib davolash» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini yoklab kelgan.1930 yilda Samarkand Tibbiyot institutida kuz kasalliklari kafedrasi tashkil kilingan.Kafedra mudiri A.L.Kankrov traxoma konyuktivit keratit va boshkalarga karshi kurashish ustida ish olib borib,ularni davolash usullarinifaol kullagan. 1935 yilda prof G.G.Abdullaev raxbar bulgan.Traxoma va uning asoratlarini davolashda uz xissasini kushgan.1932 yilda Toshkent shaxrida vrachlar malakasini oshirish instituti ochilgan. 1957-1988 yillarda tibbiyot fanlari doktori,prof Muxammadjon Komilovich Komilov kafedrada mudirlik kilishgan. 1988 yildan to xozirgacha prof Xolidjon Muxammadjonovich Komilov Ushbu kafedraga mudirlik kilyapti. M.K.Komilov 1955 yilda «Yarali blefaritlarni davolashda ayrim antibiotiklar» mavzuida nomzodlik va1970 yilda «Kuz jaroxatlarining klinik xarakteristikasi va Uzbekiston sanoat korxonalarida ularning oldini olish » mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini ximoya kilgan.Utaklif etgan va kullagan usullar kuz jaroxatlari soni va asoratlarining keskin kamayishiga olib keldi.Prof Komilovning 130 dan ortik ilmiy ishlari ,monografiya ,uslubiy kullanmalari traxoma ,utkir konyuktivit,glaukoma katarakta,kuz jaroxatlari,kuz mikroxirurgiyasi,kuz kon tomirlari kasalliklari,oftalmologida EXMlarning kullanilishiga bagishlangan. Uning ilmiy raxbarligi ostida bita tibbiyot fanlari doktori,12 ta Fan nomzodi,muxarirligi Bilan 10 ta ilmiy ishlar tuplami tayorlangan. M.K.Komilov Uzbekistonda xizmat kursatgan vrach,xizmat kursatgan Fan arbobi,faxriy unvoni,kator ordenlar va medallar Bilan mukofotlangan. Mintakada gudaklar,bola va usmirlar salomatligini saklash maksadida ,Respublika raxbarining karoriga muvofik 1972 yili Toshkentda Urta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti ochildi.Uning birinchi kafedra mudiri tibbiyot fanlari nomzodi Oksana Glebovna Levchenko buldi.U bolalar kuzi yakindan kurish refraktsiyasini,uni davolash ilmini rivojlantirishga bagishlangan tadkikotlari asosida tibbiyot fanlari doktorligi dissertatsiyasini yoklab prof unvoniga erishgan. O.G.Levchenko 1983 yilda kafedra bazasida bolalar oftalmologisi Respublika markazi ,travmatologiya markazlarini tashkil kildi. Refraktsiya deganda nurlarning biror linza yoki kator kuyilgan bir nechta linzalardan utib sinishi tushuniladi. Inson kuzi nur sindiruvchi kavatlarining urtacha optik kuchi xammasi bulib 60,0 dptr ga teng. Unda urta xisobda 40,0 dptr shox pardaga, 16-18 dptr gavxarga tegishlidir. Oldingi kamera suyukligi va shishasimon tanalarning nur sindirishi juda kam 1,5-2,0 dptr. Klinik amaliyotda refraktsiya butunlay boshkacha xususiyatga ega buladi. Bunda kuz optik sistemasi nur sindirish kuchining mutlok moxiyatini emas, balki bu sistema bosh fokus uzunligining kuz uki uzunligi bilan uzaro kelishib tenglashuvining axamiyati bor. Nurlar sinib, fokus sarik dogning kok urtasida paydo bulishi yoki ayrim odamlarda u sarik dogdan oldinrokda, ayrimlarda esa, uning orkasiga tugri kelishi xam mumkin. Shu munosabat bilan klinik refraktsiyaning turli kurinishi kuzning anatomik va fiziologik xolatiga boglik. Kuz ukining uzunligi va uning nur sindirish kobiliyatining kuchi moy kelib, bosh fokus tur pardada paydo bulsa, bu mutanosib refraktsiya - emmetropiya deyiladi. Bunda kuzga juda uzokda turgan buyumlardan parallel nurlar tushib fokusni tur pardada paydo kiladi va kuz shunga moslashgan buladi. Agar bu xolatning aksi bulib, parallel nurlarning bosh fokusi notugri joylashsa, bu nomutanosib refraktsiya -ametropiya deyiladi. Ametropiya turlicha bulib, parallel nurlarning bosh fokusi gur parda oldida joylashsa, miopiya, ya'ni yakindan kurish deyiladi. Ametropiyaning bu turi eng kupli refraktsiya. Shuning uchun buni tuzatishga manfiy linzalar lshlatiladi. Refraktsiya bu turining yakindan kurish deb nomlanishiga sabab shuki, bunda kurinadigan buyumlar kuzning oldida buladi va bulardan yoyma nurlar garkalib tur pardada yigiladi. Yakindan kurish kanchalik kuchli bulsa, kuzning yaxshi, kurib turgan nuktasi shunchalik unga yakin yotadi. Masalan, yakindan kurish 1,0 dptr ga geng bulsa, kuz 1 m masofada yotgan nuktaga moslanadi, agar u - 10,0 dptr bulsa, chasofasi xammasi bulib 10 sm ga teng buladi. Bu xolat akkomodatsiyada katnashmagan kuzningtinch turgan vaktiga tugri keladi. Ametropiyaning ikkinchi turi - gipermetropiya - emmetropiyaga nisbatan kuchsiz refraktsiyadir.Bunda nur sindirish kuchi kam buladi, shuning uchun parallelnurlar bosh fokusi tur parda orkasiga utib ketadi, chunki fokus masofasi kuz optik ukidan uzunrok buladi. Shu fokus masofasi uzun (kup) bulganligi uchun bu refraktsiya giper suzi bilan ifodalanib gipermetropiya deyiladi. Buning uzi esa salbiy kuchsiz refraktsiya xisoblanadi va uni tekislash uchun ijobiy nur sindirih kobiliyatiga ega bulgan burtik sferik linza kullaniladi. Bunday odamlar ayniksa yoshlikda akkomodatsiya normal bulganda uzokni unchalik kiynalmay kurishadi. Kuzda gipermetropiyaning kuchli darajasi bulsa, nafakat yakindan va xatto uzokdan kurish xam juda kiyin buladi, chunki fokus kuz ichida paydo bulmaydi. Gipermetropiya refraktsiyali odamning tur pardasida fakat yigiluvchi nurlar fokuslanishi mumkin. Lekin tabiatda yigiluvchi nurlar tutami paydo kiladigan nukta yuk, shuning uchun bunday refraktsiyani tuzatish fakat yiguvchi linzalar kullash bilan bajariladi. Demak, gipermetropik kuzga tushgan parallel nurlar kuz ichida emas, balki kuz orkasida fokus paydo kiladi deb faraz kilinadi. Shu nuktaning joylashgan urni gipermetropiya refraktsiyali kuzning geometrik optikasini xarakterlaydi. Gipermetropiyaning darajasi kanchalik kup bulsa, nurlarning tur pardada fokus xosil kilishi uchun ular shunchalik kup yigilishi kerak. Shunda, biz faraz kilgan nukta (shu kuz optik xolatining kursatkichi) gipermetropiya darajasi kamaygan sayin kuzga yakinrok kurilaveradi, birok, miopiyaga uxshab surilish oldidan orkaga emas, balki orkadan oldinga karab buladi. Kuz akkomodatsiyasi ishlamaganda anik ravshan kurinadigan nuktaning masofasi uning optik xolatini xarakterlaydi va kuzning klinik refraktsiyasi mezoni xisoblanadi. Agar bu nukta juda uzokda bulsa, refraktsiya nolga teng buladi. Agar kuzning oldida 33 sm masofada bulsa, unda miopiya 3,0 dptr ga teng va kuz orkasidagi 33 sm da bulsa, bu gipermetropiya, 3,0 dptr ga teng buladi. Kuzning optik xolatini bilish uchun kuz pardasida tashkil toptan buyum shaklini xosil kiladigan nurlar xolatiga xam axamiyat beriladi. Emmetropiya refraktsiyali kuzlar parallel nurlarga, miopiya refraktsiyali kuzlar yoyiladigan nurlarga va gipermetropiyali kuzlar yigiladigan nurlarga moslashgan buladi. Ametropiyani bartaraf etish uchun kuzoynak shishalar tanlab olinadi: miop kuzlarga botik linzalar, gipermetrop uchun burtik linzalar kerak, emmetropga esa, xech kanday linza kerak emas. Agar kuz optik sistemasi satxning turli - vertikal, gorizontal yoki boshka egri yunalishdagi meridianlarda nur sindirish bir xil emas, boshka - boshka kuchga ega bulsa, bu ametropiyaning uchinchi xili - astigmatizm deyiladi. Bunga kupincha shox parda satxi va kamdan - kam gavxar ikki perpendikulyar meridiani kiyaligi radiusining bir xil emasligi sabab buladi. Shunda fokal chizik, ya'ni kuzda ikkita fokus paydo buladi. Bunda paydo bulgan fokuslardan biri tur pardada bulsa, ikkinchisi uning oldida yoki orkasida bulishiga karab oddiy miopiya yoki gipermetropiya astigmatizmi deyiladi. Oddiyligi shundaki R ning biri normal tur pardada, ya'ni shu meridianda emmetropiya refraktsiyasidir. Vertikal yunalishdagi nur sindirish gorizontaldagidan kuchlirok bulsa, tugri astigmatizm, buning aksi -gorizontaldagi vertikaldan kuchlirok bulsa teskari astigmatizm deyiladi. Agar kuzda turli kuchga ega bulgan bir xil refraktsiya bulsa, unda chizik fokusi tur pardaga nisbatan oldindan yoki orkadan ayrim - ayrim ikkita masofada joylashganbuladi va bu miopik (M) yoki gipermetropik (N) murakkab astigmatizm deyiladi. Agar kuzda miopiya va gipermetropiya ikki xil refraktsiya bulsa, chiziklar fokuslarining biri tur parda oldida, ikkinchisi uning orkasida buladi, bunda aralash astigmatizm deyiladi. Astigmatizmni tekislash uchun nur yiguvchi va nur yoyuvchi silindr linzalar ishlatiladi. Bunday silindr kuzoynak yasash uchun shishadan yasalgan bir butun kuyma silindrning burtik satxidan uzunasiga uning bir kismi kesib olinsa, burtik kuzoynak yasaladi. Demak, satxi burtik silindr linza kuyma shisha devoridan kesib olinadi va botik yuzali silindr shisha esa, usha butun silindr shaklidagi shisha devoriga kuyib yasalgan buladi. Silindr kuzoynaklar nurni bir ukida sindiradi. Silindr kuzoynak shishalarning ukiga parallel tushgan nurlar sinmaydi. Agar nurlar silindr ukiga perpendikulyar (kundalang) tushsa sindiriladi. Tsilindr kuzoynak shishalarning xam burtigiga (Q) va botigiga (-) belgi kuyiladi va ular kuz nur sindirish satxi meridianlaridan bittasini tekislashga moslashadi. Silindr linzalar nur sindirmaydigan ukining belgisi tekislanadigan meridianga kundalang kuyilishi kerak. Download 21.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling