Oftalmologiya fani, uning tarkibi, vazifasi, boshqa fanlar bilan boglanishi, tarixi va uzbekistonda rivojlanishi


Download 21.47 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi21.47 Kb.
#1587530
1   2   3

AKKOMODATSIYA


Akkomodatsiya. Kishi xayoti uchun kuz uzok va yakin masofadan kura bilishining axamiyati kattadir. Bu vazifani kuzdagi fiziologik mexanizm akkomodatsiya bajaradi. Akkomodatsiya kuzning uzok va yakinda turgan narsalarni anik kura bilish uchun moslashuvidir. Akkomadatsiya yordamida tur pardada uzokdagi yoki yakindagi narsalar shakli uz aksini topadi. Bu jarayonda kuz nur sindirish kobiliyatining turlanishi, gavxar satxi kiyasining uzgaruvchanligi natijasida vujudga keladi. Gavxar satxi kiyasining uzgaruvchanligi uning elastikligiga boglik bulib, buni kipriksimon tanadagi muskulchalarning faol kiskarishi vujudga keltiradi. Akkomodatsiya mexanizmi: kipriksimon tana muskullari kiskarganda, gavxarga yopishgan Sinn boglamchalari bushashib, gavxar kopchasining tarangligi kamayadiG` shuning uchun uning oldingi yuzasi duppayib, gavxar kalinlashib, nur sindirish kuchi kupayadi va shu munosabat bilan yakinda joylashgan buyumlar aksi tur pardaga tushadi. Akkomodatsiya doyra muskullari bushashganda esa shu xodisaning aksi bulib, kopcha uz xoliga kaytib va bir oz bushaydi, gavxar yupkalashadi, bunda tur pardaga uzokda joylashgan buyumlarning aksi tushadi. Akkomodatsiya paytidagi kuzdagi uzgarishlar:
Kuz gavxarining shakli uzgarib oldingi satxining urtasi (markazi) kuprok duppayib chikadi, orka satxida bunday uzgarish juda kam buladi.
Gavxar kalinlashgach kuzning oldingi kamerasi sayozlanadi.Bogichlar bushashganligi sababli gavxar uz vazni xisobigabirozpastrokkasuriladi.Kuz korachigi torayadi va yakindagi narsalar shakli anik va ravshan kurinadi.
Kuzni xarakatga keltiruvchi nerv tolalari xisobidan kipriksimon tanadagi doyra muskullari kiskaradi va narsalarni yakindan kurish uchun gavxarning nur sindirish kobiliyati kuchayadi, kipriksimon tanadagi radial muskul tolalari kiskarganda uzokdagi narsalarni kurish uchun refraktsiya, aksincha, kuchsizlanadi. Akkomodatsiyaning bu klassik nazariyasini Gelmgolts yaratgan.
Gilaylik (Strabismus) - kuz sokkasining kiyshik urnashuvi. Bunda bir kuz korachigi kurilayotgan narsaga tikilgan, ikkinchisi esa usha narsadan burun yoki chakka tomonga oggan buladi. Ba'zan ikkala kuz bir vaktda burun yoki chakka tomonga ogadi, kamdan-kam kuzlardan biri pastga yoki yukoriga ogishi xam mumkin. Bundam gilayliklarning birinchi kurinishida gorizontal, ikkinchi kurinishda esa vertikal yunalishdagi diplopiya (narsaning ikkita kurinishi) paydo buladiki, bu gilaylikning asosiy belgilaridan biridir. Ma'lumki, kuz sokkasini xarakatlantiruvchi, unga xar tomonga karash va keng masofani kurish imkoniyatini beradigan oltita muskul bor. Turttasi burun tomonga (ichki), chakka tomonga (tashki), yukori va pastki tomonga yunalgan (m.m.recti interna,externa,superior) va ikkitasi - yukori va pastki kiyshik. (m.m.obliqua superior et inferior) lardir. Bular kuz sokkasining tashki muskullari deyiladi. Bu muskullarning normal birlikdagi xarakati uzining aylanish nuktasi (kuz ukining kok urtasidan salgina yukorirokda joylashgan nukta) atrofida sodir buladi. Tashki muskullarning birgalikda, uzaro kelishib, mutanosib ishlashi kuzlarning kurish vazifasini yaxshi bajarishiga imkon beradi. Shu asosda kuz tashki muskullari mutanosib xarakatlanib, kuzlar uzokka nazar tashlagan paytida ularning kurish chiziklari paralellashib, kuzlar yakinga tikilganda esa ularning kurish nuktasi yakinlashib, xattoki ikkala kuzdan biri bir oz sun'iy ogibrok yondashgan takdirda xam chiziklar kesishib, bir nuktada joylashib tura oladi. Tashki muskullar xamkorligining bu xolati ortoforiya (ortophpria) deyiladi. Bunda kuzlar kuz kosasi va kovoklarga nisbatan kok urtada joylashgancha turadi, shox pardaning markazi xam kuz tirkishining urtasida buladi va ikkala kuzning kurish uki parallel yotib, uzokka nishon oladi. Lekin muskullarning bunday ideal xamkorligi xamma odamlarda bir xil bulavermaydi. Ba'zan muskullarning xamkorligibir oz buzilganda ulardan biri xamkorlikdan chikib (birk uzni oldini taxtacha bilan tusganda xam buni kuzatish mumkin) usha kuz kaysidir bir boshka tomonga bir oz ogishi mumkin.
Bunday xolat geteroforiya (heterophoria) yoki yashirin gilaylik (Strabismus latenta) deyiladi. Odatda ikki kuzning normal xamkorligida bu nukson bilinmaydi, chunki kuzlarning xamkorlikda kurish kobiliyati fuzion xarakatni vujudga keltirib, kurish chiziklarini tugri xolatda saklab turadi.
Bir narsaga karab turgan odamning kuzlaridan biri tusilib kolsa (yoki taxtacha bilan), kupincha uning kurish uki tashkariga ogishi mumkin, bu ekzoforiya (exophoria),
ukning ichkariga ogishi ezoforiya (esophoria), juda kamdan - kam xollarda yukoriga ogishi giperforiya (hyperphoria) va pastga gishi gipoforiya (hypophoria) deb ataladi.
Kuz gilayligining bu yordamida aniklanadi. Kuz uzokdagi narsadan yakinga normadan ortikrok buladi. Agar kuzlarda geteroforiya (yashirin gilaylikning) darajasi 5 ga teng yoki undan kup bulsa, fuziya refleksiga talab kupayadi va asta-sekin kuz charchab, astenopiya xolati paydo buladi. Bunday astenopiya xolati ba'zida toksinli zararlanishlar zaminida xam vujudga kelsa, kuzlarning fuzion refleksi faoliyati etishmay kolib, yashirin gilaylik xakikiy gilaylikka utib, kuzlarning uzaro xamkorligi - baravar kurishga putur etadi va diplopiya paydo buladi. Bunday xolat boshlanishida kasallik xisoblanmaydi.Shuning uchun geteroforiyani dori-darmon bilan tugrilab bulmaidi, lekin fuziyani mashk kilish yuli bilan rivojlantirib kuzdagi nokulay xislarni kamaytirib, uning kompensator xolatini yaxshilash mumkin. Bu yul foyda bermasa, unda ancha zuraygan geteroforiyani prizm, shishali kuzoynaklardan foydalanib kurishni yaxshilash mumkin. Buni bir yoki ikkala kuzga kupi bilan 3-6 prizma dioptriyali prizmaning kalin tomonini geterofi: sodir bulgan tomon karshisi, ya'ni burun tomonga moslab kuyib tuzatiladi. Shu tarika notugri yunalayotgan nurlarni prizma yordamida gilay kuzning kurish uki yuliga utkaziladi va buyumlarning aksi sarik dogga tushiriladi,
Prizma kuzoynaklarni konvergentsiyaning tugma sustligida yoki unin butunlay tarakkiy topmagan xolatida xam kullash mumkin. Prizmaning kalin kirrasi burun tomonga kuyilib, nurlarning yondoshishini yakinlashtirib kuznin kurinishi yaxshilanadi.
Yashirin gilaylik (retepoforiya) da kuzlar bir nuktaga kadalmay beixtiyor turganda, ulardan biri bir oz chetlanadi. Bu xolat kuz tashki muskullari vazifasi mutanosibligining sustlanishi sababli vujudga keladi, lekin kupincha kuzlarnin xamkorlikda baravar kurish faoliyati saklanadi va bu yashirin gilaylikni tekislab zurayishdan saklaydi. Agar kuzlarning baravar kurishi kiyinlashsa, unda prizma shishali kuzoynak takish tavsiya kilinadi.
Gilaylikning yana bir turi - soxta gilaylik; bunda kuzning optik uki (shox parda markazi bilan gavxar urtasida joylashgan tugunli nukta orasidagi uk) bilan kurish uki (sarik dog urtasidagi markaziy chukurchadan kelib, tugunli nuktadan utgan va kuz kurib turgan nukta urtasida yotgan chizik) urtasida doimo 3-4 ga teng burchak paydo buladi. Agar shu burchak kattalashib, 10 gacha borsa, shox parda satxining markazlari urtadan bir oz chetlashib, kuzlar gilayga uxshashi mumkin, lekin bunday kuzlarda baravar kurish faoliyati saklangan bulsa, gilaylik va narsalarning ikkita bulib kurinishi kuzatilmaydi. Shuning uchun bu gilaylik soxta deyilib xakikiy, yakkol kurinib turgan gilaylikdan farklanadi.
Gilaylikning yana bir asosiy turi - anik ifodalangan gilaylik bulib, u xamkorlikdagi gilaylik (Stradlsmus cancomitans) va falajlik gilayligi (Stradlsmus paraliticus) deb ataladi.

Download 21.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling