1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet17/37
Sana27.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1656838
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

8-variant
1.O’zbekistonda Oliy davlat vakillik organi - Qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi
Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasida O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asoslanadi, deb belgilandi. Respublikadagi vakillik organlarining tizimi ana shu uchta hokimiyatdan biriga qo'shildi.' O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq vakillik organlarining eng yuqori bosqichi - Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi* Respublikada hokimiyatning bo'linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar qilindi. O'zbekiston Respublikasining mustaqiliikka erishishi va demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo'Isa, ikkinchi muhim vazifa respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitlariga mos keladigan tizimini yaratish edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning, yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang, degan ko'rsatmalariga amal qilib, vakillik organlarining viloyat, tuman va shahar bo'g'inlari saqlanib qolindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlaridir. Respublikada milliy davlatchilik an'analarini tiklashni ko'zda tutib, hokimlik instituti kiritildi. Hokimlar qonunga muvofiq ham mahalliy vakillik organlariga, ham ijroiya hokimiyatiga rahbarlik qiladilar. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati vakillik organlari - xalq deputadari Kengashlari vujudga kelishi va rivojlanishini, shu organlar faoliyatini tashkil etishni o'rganadi. Davlat hokimiyatining vakillik organlari fanining mazmuni quyidagilami o'zida ifodalaydi: 1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish, faoliyatini tashkil etish, qonunchilik jarayoni bosqichlarini, Qonunchilik palatasi va Senatining o'zaro munosabati hamda boshqa davlat organlari bilan munosabati. 2. Xalq deputatlari Kengashlarining tizimi - ulami tashkil etish prinsiplari, Kengashlarining turlari, ulaming o'zaro va boshqa davlat organlari bilan hamda jamoat birlashmalari bilan munosabati. 3. Kengashlaming funksiyalari, ya'ni ular faoliyatining asosiy yo'nalishlari. ulaming davlat, hokimyat va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarligi. 4. Xalq deputatlari Kengashlarining ichki tashkiliy tuzilishi, ijroiya organlarining tuzihshiva ichki tashkiliy qismlarining o'zaro munosabati. 5. Xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini uyushtirish, ya'ni ular faoliyatining tashK'liy uslub va shakllari. O'zbekiston Respublikasida vakillik organlari tizimiga quyidagilar kiradi: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. 2005-yil yanvar oyidan boshlab mamlakatiinizda ikki palatali parlament faoliyat olib bormoqda.
2.O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li.
“Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tamonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besonaqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi.”-deb takidlab o’tgan mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Bozor iqtisodiyoti- bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.  Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko;plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etadi va ko’pgina mamlakatlarda hukumron iqtisodiy tizimga aylandi. Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi 2 • Tadbirkorlik va tanlov erkinligi 3 • Raqobat kurashining mavjudligi 4 • Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi 5 • Korxona va firmalarning ichki va tashqi shartsharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi. Bozor iqtisodiyoti bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr moboynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimdir  Bozor jamiyatda iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi: totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; • Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish. • SHu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: • o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniyhuquqiy negizini mustahkamlash; • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning bosqichlari. Birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib berdi: • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish; • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: • - mulkiy munosabatlarni isloh qilish; • - agrar islohotlar; • - moliya-kredit va narx-navo islohoti; • - boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; • - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; • - ijtimoiy islohotlar. "Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида" Иқтисодиётда маъмурий-буйруқбозликка асосланган, эски бошқарув тизимидан мутлақо воз кечиб, бозор муносабатларига босқичма-босқич ўтилгани, пул-кредит сиёсати пухта ўйлаб олиб борилгани, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик, фермерлик ҳаракати учун йўл очиб берилгани макроиқтисодий барқарорликни, иқтисодиётнинг юқори суръатлар билан ривожланишини таъминлаш, инфляцияни прогноз кўрсаткичлари даражасида сақлаб қолиш, энг муҳими, халқимизнинг ҳаёт сифати даражасини оширишда ҳал қилувчи аҳамиятга эга бўлмоқда. Айни вақтда мамлакатимиз босиб ўтган тараққиёт йўлининг чуқур таҳлили бугунги кунда жаҳон бозорида конъюнктура ўзгариб, рақобат тобора кучайиб бораётганини ҳар томонлама ҳисобга олишни, шу асосда давлатимизни янада барқарор ва жадал суръатлар билан ривожлантириш учун мутлақо янгича стратегик ёндашув ва тамойилларни ишлаб чиқиш ва амалга оширишни тақозо этмоқда. Олиб борилаётган ислоҳотлар самарасини янада ошириш, давлат ва жамият ривожини янги босқичга кўтариш, ҳаётнинг барча соҳаларини либераллаштириш, мамлакатимизни модернизация қилиш бўйича энг муҳим устувор йўналишларни амалга ошириш мақсадида:

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling