Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Download 34.93 Kb.
bet1/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar


Absolyut renta - qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi - yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Abstrakt mehnat - turli tovarlarda gavdalangan mehnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson mehnatining sarflanishi, ijti¬moiy mehnatning bir qismi.
Agrar inqirozlar - qishloq xo'jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
Agrar munosabatlar - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
Agrobiznes - tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bi¬lan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli.
Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib bemvchi tutash tarmoq- lar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ular- ning uzviy birikish jarayoni.
Agrosanoat majmuasi - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishti- rish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik tarmoqlarining birligi.
Aholi daromadlari - aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Aholining tabiiy o‘sishi - bu aholining emigratsiya va immi- gratsiyadan tashqari harakati.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma'lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya kursi - qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalaming sotila- digan narxi.
Aksiyadorlik jamiyati - ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Almashuv qiymati - biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati, ay- rim tovarlar qiymatining boshqa tovar qiymatida ifodalanishi.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling