Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summa- sining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Aniq mehnat - ma’lum maqsadga qaratilgan, muayyan bir shakl- da sarflanadigan va aniq turdagi iste’mol qiymatlami, naflilikni vu- judga keltiradigan mehnat.
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qat- nashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmat- ga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va xizmat muddati davomida o‘zining ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi.
Auditor firma - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa.
Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlami sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Ayirboshlash - jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Aylanma kapital - unumli kapitalning' bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan, o‘z qiymatini Yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy- buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Bank foyda normasi - bank sof foydasining uning o‘z kapitaliga nisbatining foizdagi ifodasi.
Bank foydasi (marja) - olingan va to‘langan foiz summalari o‘rtasidagi farq.
Bank krediti - pul egalari (banklar va maxsus kredit muassa- salari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari.
Bank operatsiyalari - mablag‘lami jalb qilish va ulami joylashti¬rish bo‘yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Banklar - pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ulaming ha- rakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |