Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mazmuni


Download 34.93 Kb.
bet9/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mazmuni - uning pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakatidan iborat
Iqtisodiy tizim - mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikdagi tizimi.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritish- ning shakllari va turlari.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.
Iqtisodiy yoki sof foyda - yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Iqtisodiyot - mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsi- yalar, konsemlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta mu- rakkab ijtimoiy tizim.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlami (va xizmatlami) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga kela- digan iqtisodiy munosabatlami, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganish.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va ishlab chiqa- rishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlami vujudga keltirish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foy- dalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling