Yalpi ichki mahsulot (YalM) - yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlaming bozor narxlari- dagi qiymati.
Yalpi ishchi kuchi - jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuv- chi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) - milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tu- shadigan pirovard mahsulot va xizmatlaming bozor narxlardagi sum- masi.
Yalpi taklif - mamlakatda narxlaming muayyan darajasida ishlab chiqarilgan va sotishga tayyor bo‘lgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmi.
Yalpi talab - barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlaming muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlami sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish - mehnat taqsimoti ham¬da mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiya.
Yuksalish - iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishili- shi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Zaruriy mahsulot - ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot.
0‘rtacha mahsulot - jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omil- larining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.
0‘rtacha xarajatlar - mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xara¬jatlar.
0‘zgaruvchi xarajat - ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |