Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi


Download 34.93 Kb.
bet18/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi - taklifga nisbatan xaridorlaming ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘lishi va aksincha, talabning kamayishi bi¬lan bozor narxi pasayib borishi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik.
Oraliq mahsulot - ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Ouken qonuni - ishsizlik darajasi va YalM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Pirovard mahsulot - ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
Pul - hamma tovarlami sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan umumiy ekvivalent rolini bajamvchi maxsus tovar.
Pul muomalasi - pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayir- bosh qilish jarayonida qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi.
Pul tizimi - tarixan tarkib topgan va mamlakat milliy qonunchiligi bilan mustahkamlangan pul muomalasini tashkil qilish shakli.
Qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya - integratsiya jarayon- laridan ba’zilari naf ko‘ruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisob- lanadigan integratsiyaning tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan turi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning ol¬di-sotdi munosabati.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi - bevosita qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Qiymat - tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mehnat.
Qiymat qonuni - tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o‘zi esa ijtimoiy zaru¬riy mehnat sarflari orqali o’lchanishini ifodalovchi sabab-oqibat bog‘liqligi.
Qiyosiy narx - ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling