Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Download 34.93 Kb.
bet15/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Mehnat unumdorligi - aniq mehnatning vaqt birligi ichida mah¬sulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. U ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan o‘lchanadi.
Mehnat unumdorligi - ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati.
Milliy boylik - insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan Yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
Milliy bozor narxi - bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ulaming xususiyatini aks ettiruvchi narx.
Milliy daromad - yangidan vujudga keltirilgan mahsulot- ning puldagi ifodasi bo‘lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlami chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Milliy hisoblar tizimi - milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni, turli tarmoqlar o‘rtasidagi aloqadorlikni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.
Moddiy ehtiyoj - moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zarurat.
Moddiy-buyumlashgan boylik - milliy boylikning inson mehna- ti bilan Yaratilgan ashyoviy - buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi.
Modernizatsiyalash - jamiyat hayotining turli jabhalarini tub¬dan o'zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlari majmui.
Moliya - pul mablag‘larining harakati, ya’ni ulaming shakllani- shi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.
Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Moliyaviy munosabatlar - davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxo- na va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling