Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi


Download 34.93 Kb.
bet11/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi - ishchi kuchi resurs¬larining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi.
Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivoj- lanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlami yaratish jarayoni.
Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Ishlab chiqarish jarayoni - kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlami yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
Ishlab chiqarish omillari - ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqarish xarajatlari - tovar va xizmatlami ishlab chiqar¬ish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi - mamlakatlaming jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kucha- yishi hamda iqtisodiy munosabatlaming tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi - ishlab chiqarish soha- sidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqa- rishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mah- sulot.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, mate- riallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Ishlab chiqarishning to‘planishi - ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxo- nalarda to‘planishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi - mamlakat bo‘yicha Yaratilgan milliy mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ijtimoiy ishlab chiqarish jarayon- ida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lamshni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ish¬lab chiqarish vositalari).

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling