Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Download 34.93 Kb.
bet7/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Ijtimoiy zaruriy ish vaqti - muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o‘rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovami ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti.
Ijtimoiy zaruriy naflilik - talab miqdoriga mos keladigan miq- dordagi naflilik.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya - ishlab chiqarish usuli bilan jami- yat ustqurmasi majmui.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar.
Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalami fikrdan chet- lashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibomi qaratish.
Immigratsiya - aholining shu mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Immigratsiya - xorijiy fuqarolaming doimiy yashash uchun mamlakatga ko‘chib kelishi.
Import - chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ulami mamlakatga kiritish.
Inflyatsiya - qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarish omillarini rivojlanti- rish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
Investitsiya - ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi - milliy daromad (foyda)ning o‘sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Ipoteka krediti - ko‘chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi qarz mablag‘lari.
Iqtisodiy faoliyat - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilaming yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalami ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib be- rishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tu- man faoliyatlar majmui.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling