Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Download 34.93 Kb.
bet3/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Befarqlik egri chizig‘i - ehtiyojlami bir xil darajada qondirilishi- ni ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig’indisi.
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, rux- sat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vos- ita va dastaklari.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlaming muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.
Bojxona ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o‘matishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuriti- shini taqozo qiladi.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘matish va ulaming bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti - tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqaril- adigan iqtisodiy tizim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriy-buyruqbozlik tizi- mini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr.
Bozor islohotlari - bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti mu- nosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartib- ga solishni va iqtisodiy jarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor muvozanati - talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat.
Bozor narxi - bir tomondan, tovarlaming sotilishini ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltir- maydigan muvozanatlashgan narx.
Bozor narxi - bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllan- gan narx.
Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling