Absolyut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, barcha turdagi yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Abstrakt mehnat


Download 34.93 Kb.
bet14/25
Sana09.06.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1472562
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Asosiy iqtisodiy tayanch iboralar

Laffer egri chizig‘i - davlat byudjeti daromadlari va soliq stavka¬si o‘rtasidagi bog‘liqlikning tasvirlanishi.
Legal (qonuniy) monopoliya - qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.
Lizing - odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boy- liklami keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish- dan iborat kreditning pulsiz shakli.
Lorens egri chizig‘i - daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy jihatdan ifodalovchi geometrik egri chiziq.
Ma’naviy boylik - ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy boyliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati nati- jalaridan iborat.
Ma’naviy ehtiyoj - insonning shaxs sifatida kamol topishi, dun- yoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zamrat.
Makroiqtisodiyot - moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish so- halarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Manufaktura - mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud boimagan sharoitdagi kooperatsiya.
Mehnat birjasi - ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchining oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruv- chi va ishsizlami ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Mehnat intensivligi - vaqt birligi ichida mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligining oshib borishi.
Mehnat predmetlari - bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar.
Mehnat qurollari - inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
Mehnat shartnomalari - korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo‘lib, unda ish haqi stavkasi, me’yordan or- tiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffiislar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlaming o’zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar ifoda etiladi.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling