Moliyaviy siyosat - davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
Monopol renta - alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki so- tuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ulaming narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.
Monopoliya - monopol yuqori narxlami o‘matish hamda mono- pol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit mak- roiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxona- lar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi- lar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukm- ronlik holati.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya - har bir mamlakat bir vaqtning o‘zida ham donor, ham naf ko‘ruvchi hisobla- nadigan integratsiya turi.
Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari - mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuv- chilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foy- dalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga kela- digan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishla- tilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlari- ning bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va Yaratilgan moddiy boyliklami o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |