Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mus- tahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari - tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo‘jalik hayotining barcha so- halaridagi to‘siq hamda cheklovlami, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlar tizimi.
Ish haqi - ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
Ishbay ish haqi - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki baja- rilgan ish hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqi.
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi - bajarilgan ish uchun haq toTashni erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to’lash tizimi - ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshi- rilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi to‘lanishini ko‘zda tutuvchi tizim.
Ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jis- moniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Ishchi kuchi - insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qo- biliyatlarining yig‘indisi.
Ishchi kuchi taklifi - muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
Ishchi kuchi talabi - muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
Ishchi kuchini takror hosil qilish - insonning mehnatga bo‘lgan jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ulaming mehnat malakasini muttasil yangilab va oshi- rib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash, katta yoshli ishchilar o‘mini bosadigan yosh ishchilar avlodini yetishtirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |